Tillerson: Suriyada yangi “xavfsiz mintaqa” yaratish ustida izlanyapmiz

402
0

Tillerson: Suriyada yangi “xavfsiz mintaqa” yaratish ustida izlanyapmiz

Suriya inqirozi haqida Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari kafilligi ostida Suriyaning Idlib viloyatida “xavfsiz mintaqa” tashkil qilish borasida kelishib olingan edi. Mazkur loyiha AQSh tarafidan tuzilgan boʻlishiga qaramay, Moskva yetakchiligida va Turkiya va Eronning qoʻllovi bilan amalga oshirilayotganligi va AQSh buni qoʻllab quvvatlashi aytib kelinayotgan edi. Ammo AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson AQSh Suriyada qoʻshimcha “xavfsiz mintaqa” yaratish ustida ish olib borayotganligini bildirar ekan, bu loyiha AQShning loyihasi ekanligi va Rossiya buni amalga oshirayotganligini izhor qildi. Tillerson bu haqida Senatining Tashqi aloqalar qoʻmitasini tinglash chogʻida aytib oʻtdi.

“Qoʻshma Shtatlar Suriyada yangi “xavfsiz mintaqa” yaratish uchun diplomatik saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda”, “Biz Rossiya bilan birga Suriya gʻarbida “xavfsiz mintaqa” tashkil qilishda muvaffaqiyat qozondik. Hozirda yana qoʻshimcha “xavfsiz mintaqa” yaratish ustida ish olib boryapmiz”, dedi Tillerson.

Shuningdek AQSh Davlat kotibi Amerika Qoʻshma Shtatlari Eronning Suriyadagi mavjudligini kamaytirishga muvaffaq boʻlganligini daʼvo qidi. Biroq soha mutaxssislarining bergan guvohligi buning aksini koʻrsatmoqda.

Kuni kecha eʼlon qilingan bir hisobotda aytilishicha, Asad rejimi safida kamida 90.000 Eronlik jangchilar roʻyxatga olinganligi rasmiy ravishda tasdiqlangan. Ushbu hisobot oshkor boʻlgandan soʻng “Suriyadagi urush” borasida izlanishlar olib boruvchi mustaqil tashkilotlar tomonidan, Asad rejimi askariy jihatdan tugab bitganligi va agar Rossiya havo hujumlari hamda Eron tomonidan yuborilgan jangarilar boʻlmaganda edi, Asad rejimi muxolifat qarshisida uch oy ham turib bera olmasligi taʼkidlandi.

Turkiston:

Vanihoyat AQSh Rossiya va Eron oʻzining koʻppaklari ekanini ochiqladi!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.