Abdulaziz Kamilov ishchi tashrif bilan Bishkekka keldi

464
0

Abdulaziz Kamilov ishchi tashrif bilan Bishkekka keldi

 Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga koʻra, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-noyabr kuni Bishkekka ishchi tashrif bilan keldi.

Xabarda aytilishicha, Kamilov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Maʼlumki, avgust oyida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Toshkent Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yanada mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish niyatida ekanligini bildirgandi.

 Kamilov oʻshanda prezident Shavkat Mirziyoyev “oʻz saylovoldi dasturida Markaziy Osiyo bizning ustuvor maqsadimiz deb eʼlon qilganligini” aytgan edi.

Turkiston: 

Markaziy Osiyo giosiyosiy oʻzgarishlar yuz berish arafasida turgandek sezilyapti. Bunga birlamchi sabab Rossiyaning xalqaro siyosatdagi oʻrni tubanlashib borayotgani boʻlsa, ikkilamchi sabab Qozoq va Oʻzbek hokimiyatlarining Markaziy Osiyo liderligiga boʻlgan intilishlari va shu yoʻnalishdagi raqobatlari boʻlishi mumkin.

Shu kunlardagi Qozoq rejimining Qirgʻizistonga bojxona orqali oʻtkazayotgan iqtisodiy bosimlari sezilarli siyosiy taʼsir koʻrsata boshlayapti. Qozoq prezidentining bu injiqliklari “Evro Osiyo ittifoqi” tashkilotini yoʻq qilib yuborishi mumkin boʻlgan xavfli holat paydo qilib borayotganiga qaramay, Rossiya tomoni bu jarayonga chek qoʻya olmayapti. Hatto tashkilot nomidan taʼsir koʻrsatish uchun biror joʻyali harakat ham qilgani yoʻq.

Oʻzbekiston vaziyatdan unumli foydalanib, Qirgʻizistonda paydo boʻlib borayotgan siyosiy va iqtisodiy boʻshliqlarni oʻz manfaatlariga muvofiq toʻldirib olmoqchi. Yaʼni vaziyatdan foydalanib mintaqadagi oʻzining siyosiy va iqtisodiy taʼsirini, vaznini va pozitsiyalarini mustahkamlab olmoqchi. 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.