Rossiya: Turkiyadan umidimiz katta

457
0

Rossiya: Turkiyadan umidimiz katta

Qozogʻiston poytaxti Ostonada Suriya tinchlik muzokaralarining 7 bosqichi boshlandi. Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining maʼlumotiga koʻra, barcha taraflarning muzokaralarga ishtirok etishlari tasdiqlangan. Xususan muzokaralarda Damashq hukumati va Suriya muxolafatidan vakillar, shuningdek kuzatuvchi sifatida BMT, AQSh va Iordaniyadan vakillar ham ishtirok etadi.

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga Rossiyaning Suriya boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentьev, Turkiya delegatsiyasiga davlat tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sedat Onal, Eron delegatsiyasiga esa, davlat tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Husayn Jobir Ansoriy rahbarlik qilmoqda. Lavrentьev muzokaralar chogʻida mahbuslar, mahkumlar va marhumlarning jasadlari egalariga topshirilishi masalasida yaxshi natijalarga erishish umidi borligini taʼkidladi.

Lavrentьev Rossiya Today (RT) va Rossiya-24 telekanaliga bergan intervьyusida Suriya masalasida Rossiyaning Turkiyadan katta umidi borligini yashirmadi. Lavrentьevga koʻra, xavfsiz mintaqada tashkil qilingan Idlibda nazorat va kuzatish nuqtalari juda yuqori darajada foliyat koʻrsatmoqda.

 “Idlibda xavfsiz mintaqa vujudga keltirish qarori juda muhim qarordir. Bu yoʻl bilan biz maydondagi vaziyatni sezilarli darajada barqarorlashtirdik. Albatta mintaqadagi ayrim guruhlarning provokatsion harakatlaridan kelib chiqqan muayyan qiyinchiliklar mavjud. Bu kabi kamchiliklarni qoʻlimizdan kelganicha bartaraf etishga harakat qilmoqdamiz”, “Turk hamkasblarimiz hanuz kuzatish nuqtalarining barchasini qurib bitirmagan mintaqalarda hali ham baʼzi qiyin vaziyatlar mavjud. Shuning uchun mintaqada keskinliklar mavjud va avvalda boʻlgani kabi, Radikal tashkilotlar tomonidan hujum uyushtirilishi xavfi davom etmoqda. Ammo Turk hamkorlarimiz Idlibdagi xavfsiz mintaqa bilan bogʻliq oʻz vazifalarini bajarib, vaziyatni barqarorlashtirishlarini umid qilamiz”, dedi Lavrentьev.

AQShning Ostona muzokaralari orqali rejalagan “Idlib shahrida xavfsiz mintaqani vujudga keltirish” loyihasi hozirda muxolifatning nazorati ostida boʻlgan Idlibni Asad rejimiga topshirishni oʻz ichiga oladi. AQShning talabiga koʻra, Idlib Islomiy talablaridan voz kechmagan musulmonlardan tozalanishi lozim. Bu sohada Rossiya va Eron bilan birgalikda Turkiya va Suriya ozod armiyasining askarlariga ham vazifa yuklatigan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.