Al-Aqso masjidiga kirish musulmonlar uchun cheklab qo’yildi

450
0

_41940572_jerusalem_afp416Isroil bosqinchi kuchlari 50 yoshga etmagan musulmonlarni juma namozini ado qilish uchun Al-Aqso masjidiga kirishlariga ruxsat bermay qo’ydi.

Isroil hukumati tarafidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, jamoat tinchligiga rahna soladigan namoyishlarning o’tkazilishiga doir olingan ma’lumotlar tufayli musulmonlarning Al-Aqlo masjidiga kirishlari uchun ba’zi cheklovlar kiritilgan. “50 yoshga etmagan musulmonlarni juma namozini ado qilish uchun Al-Aqso masjidiga kirishga ruxsat berilmaydi”, deyiladi bayonotda.

Al-Aqso masjidining mudiri Najih Bakirat ham Isroil kuchlari tarafidan Al-Aqso masjidi atrofida juda ko’p sonli xavfsizlik to’siqlari joylashtirilganligini va yoshlarning masjidga kirishiga ruxsat berilmayotganligini bildirdi.

Xabarlarda aytilishicha, yahudiylar uchun yil boshlanishi deya qabul qilingan “Rosh xa-Shana” tatili sababli Isroil politsiyasi bir necha kundan buyon musulmonlarni Al-Aqso masjidiga kirib ibodat qilishlari uchun yoshga qarab cheklov joriy qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.