Putin: Suriya qisqa vaqt ichida “terrorchi”lardan tozalanadi

472
0

Putin: Suriya qisqa vaqt ichida “terrorchi”lardan tozalanadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya tez kunlar ichida “terrorchi”lardan (mujohidlardan) tozalanishini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, shundan keyin ham terrorizmga (Islomga) qarshi kurashni davom ettirish lozim.

“Ostonada boʻlib oʻtgan Suriya muzokaralari ijobiy natija bermoqda. Xavfsiz mintaqalarni tashkil etish Ostonada qoʻlga kiritilgan eng muhim yutuq boʻldi”, “Suriyadagi terrorchilarni qisqa muddat ichida tozalashni hozirdan bashorat qila olishimiz mumkin. Ammo terrorchilar yoʻq qilingandan keyin ham tahdid bartaraf etilgan hisoblanmaydi. Suriyada terrorizmni ildizi bilan qoʻporib tashlash butun mintaqada va dunyoda terrorizmga barham berildi degani emas”,- dedi Putin.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham BMT elchisi Staffan de Mistura bilan uchrashuvi chogʻida Suriyadagi harbiy amaliyot tez orada nihoyasiga yetishini bildirdi.

“Suriyadagi vaziyat terrorizmga qarshi kurashda yakuniy muvaffaqiyatga erishishga yaqinlashmoqda”, dedi terrorchilar (Mujohidlar)ning chekinayotganiga ishora qilgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Bundan avval Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tel-Avivda isroillik hamkasbi Avigdor Liberman bilan uchrashuvi paytida Rossiyaning Suriyadagi amaliyotlari yakuniga yetayotganligini bildirgan edi.

“Suriyadagi amaliyotlar yakuniga yetish arafasida. Shunga koʻra zudlik bilan hal qilinishi kerak boʻlgan bir qator masalalar bor”, deb aytgan edi Shoygu.

Biroq Suriyadagi vaziyat boʻyicha mutaxassislarning fikricha, bularning barchasi quruq gap xolos. Suriya qoʻzgʻolonini yoʻq qilish oson kechmaydi. Ularning maqsadlari qoʻzgʻolonchilarni va Suriya ahlini aldab, qalblariga shubha solish, shu orqali qoʻzgʻolondan voz kechtirishdir.

Ayni paytda soʻnggi xabarlarga koʻra, Asadning qoʻliga oʻtib ketgan Halabning gʻarbiy qismidagi qabilalar va oddiy fuqarolar birlashib “Xalq ittifoqi” deb nomlangan yangi harbiy qismni tashkil etganlar. Xabarda aytilishicha, bu guruh Halabning gʻarbiy qismida juda faol boʻlgan qabila va fuqarolardan tashkil topgan. Ismi oshkor qilinishini istamagan Muxolifat liderlaridan birining maʼlum qilishicha, hozirda taxminan 10 ming kishiga ega boʻlgan “Xalq ittifoqi” guruhi aʼzolarining soni kelgusi kunlarda 20 ming kishiga yetishi kutilmoqda.

Turkiston: 

Mafkuraga qarshi harbiy quvvat bilan kurash olib borish uslubi tarixda biron marotaba muvaffaqqiyat olib kelgan emas! Aksincha, Shomda yuz berayotgan bu qatliommlar, xiyonat va zulmlar faqat iymoniy muhitni, mabdaʼiy tushunchalar va mafkuraviy harakatlarni kuchaytiradi. Kufr olami bu haqiqatdan albatta xabardor. Lekin ularning harbiy harakatlar bilan vaziyatlarni vaqtincha boʻlsa ham yashirib, bostirib turishdan oʻzga chorasi qolmadi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.