IMTIHON NIMADA BOʻLADI

1102
0

بِاِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمِ

IMTIHON NIMADA BOʻLADI

Bu dunyo imtihon dunyosi ekanini moʻminlar yaxshi biladilar. Alloh Taolo aytadi:

الم(1)أَحَسِبَ النَّاسُ أَنْ يُتْرَكُوا أَنْ يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ(2) وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ

“Alif, Lom, Mim. Odamlar: “Iymon keltirdik”, deyishlari bilangina, imtihon qilinmagan hollarida, qoʻyib qoʻyilishlarini oʻyladilarmi?! Holbuki Biz ulardan avvalgi (iymon keltirgan barcha) kishilarni imtihon qilgan edik-ku!! Bas (shu imtihon vositasida) albatta Alloh (“Iymon keltirdik” deb) rost soʻzlagan kishilarni ham, yolgʻonchi kimsalarni ham aniq bilur”. [29:1-3]

Men aniqlamoqchi boʻlgan narsa; Alloh Taolo bizni nima bilan imtihon qiladi? Bu savol olim-ustozlar, daʼvatchi-taqvodorlar uchundir. Yaʼni biz qachon imtihonni muvaffaqiyatli tamomlaymiz?

Namoz bilanmi, yaʼni namozini qoldirmay oʻqib yurgan moʻmin imtihondan oʻtgan boʻladimi? Muazzinlar imtihonni aʼlo darajada ado qilishdilarmi? Yoki imtihon Roʻza, zakot, halol-haromda boʻladimi?

Yoki imtihon satri avratda, jilbobda boʻladimi, yaʼni ayollar avratlarini berkitishlari, mahramlari ayollariga shu ishda yordamchi boʻlishlari bilan imtihon nihoyasiga yetadimi? Eron kabi jamiyatda jilbobni qonuniy shart qilgan mamlakatlarda imtihon tugadimi?

Yoki imtihon bir biriga aka-uka, bir jonu-bir tan boʻlgan Ummatni parchalab, mustamlaka paydo qilgan sunʼiy chegaralarni, millatchilik va vatandoshlik naralarini bekor qilib, Ummat vujudini birlashtirish va bitta jasad kabi asliy ahvoliga keltirish bilan imtihon tamomiga yetadimi? Yaʼni biz qachon sinovdan qoniqarli oʻtgan boʻlamiz?

Yoki Islomni toʻla tadbiq qilinganda imtihon nihoyasiga yetadimi, yaʼni Rosululloh(s.a.v) sahobai kiromlar(r.a.) bilan Madinai Munavvarada shariatni toʻla tadbiq qilishni boshlagandan keyin imtihon tugaganmidi? Biz ham shariatni toʻla tadbiq qilishni boshlasak imtihon nihoyasiga yetadimi? Chunki men hammani bu dunyodan zafar bilan chiqishini xohlayman. Menimcha, bu mavzuʼni javobi har bir moʻmin uchun juda ahamiyatli;

Imtihon nimada boʻladi? Har bir ishimiz qoʻtargan daʼvomizga yarashami?

Imtihon qachondan boshlanadi va qachon tugaydi? Sizning har bir amalingiz, gap-soʻzlaringiz yo sizning foydangizga yoki sizning ziyoningizga boʻlayotganini qanchalar xis qilmoqdasiz?

Imtihonda nimalarga ahamiyat berish bilan zafarga erishiladi?

Siz zafar qozonishingiz uchun nimalarga ahamiyat qaratyapsiz?

Bu mavzu yangi boʻlmasada va hammaga qandaydir darajada maʼlum boʻlsada, lekin amal uchun muhaddat, aniq qilib olish maqsadida oʻrtaga tashladim. Chunki koʻpchiligimiz chalgʻib qolyapmiz yoki hayotga qadam qoʻyishdan avval aniqlash kerak boʻlgan mavzu tiniqmas.

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.