Avtohalokatda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga taʼziya

444
0

Avtohalokatda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga taʼziya

6 oktyabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd toʻqnashuvi yuz berishi oqibatida halok boʻlgan oʻzbekistonliklar soni haqida oxirgi maʼlumotlar berildi.

 Oʻzbekiston respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida 16 kishi halok boʻlgan, shundan 15 nafari Oʻzbekiston fuqarolaridir.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov ham fojiada qurbon boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 15 nafarligini tasdiqladi.

Uning maʼlumot berishicha, yana 5 nafar oʻzbekistonlik turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ikkisi yosh bolalar, biri 1,5 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda. Shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda.

Qozogʻiston hududidan Rossiyaga yoʻl olgan avtobusda jami 58 kishi boʻlgan, shundan 56 nafari oʻzbekistonlik boʻlgan.

Turkiston:

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

Biz, Turkiston sayti xodimlari Allohning qazosiga iymon keltirgan holda, Rahimli Allohdan halol rizq topish umidida ota-ona, ahli ayol va farzandlarini tashlab mehnat muhojirligi sari yuz tutgan, ammo baxtsiz hodisa natijasida halok boʻlgan oʻzbekistonlik dindoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz.

 Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz.

Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

وَاصْبِرُوا إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.