Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti kampaniya boshladi

805
0

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti kampaniya boshladi

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti Yamandagi millionlab bolalarning oʻz yurtlari ustida ketayotgan vahshiyona urush sababli azob-uqubatlar chekayotganiga xalqaro diqqat-eʼtiborni qaratish maqsadida kampaniya boshladi. Mana, ikki yildan oshdi, butun xalqqa ayanchli vayronalar qoldirayotgan bu urushning asosiy qurbonlari yamanlik begunoh bolalar boʻlib qolmoqda. Ular boshiga tushgan bu kurash asoratlarining dahshatliligi sababli xalqaro yordam agentliklari ayni insoniy ofatga qarshi “bolalar boʻhroni” kampaniyasini boshlashdi. BMTga koʻra, hozirda Yamandagi bolalarning 80 %i insonparvarlik yordamiga juda muhtoj. Bir tomonda Saudiya yetovidagi koalitsiya kuchlari havo va quruqlikdan qamal qilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, oʻzaro kurashayotgan tomonlar yurtning Adan va Hadida shaharlaridagi asosiy portlarini talashishmoqda… mana shu ikki narsa 17 million kishining ocharchiligiga, toʻyib ovqatlanmaydigan bolalar 2.2 millionni tashkil qilishiga sabab boʻldi, sogʻliqni saqlash tizimi, sanitariya, suv taʼminotining ishdan chiqishiga olib keldi… 7 million bola yetarli tibbiy yordamdan, 8 milliondan ziyodi toza ichimlik suvidan mahrum boʻldi, buning ustiga, odatda bolalar koʻproq chalinadigan qotil xoler epidemiyasi tarqaldi… butun Yaman boʻylab bu kasalga chalinish holati 425000ga yetdi, ularning toʻrtdan birini bolalar tashkil qilmoqda… oldini olish mumkin boʻlgan ayni kasallikdan oʻlish holati 2000ga yetdi, ularning ham toʻrtdan birini bolalar tashkil qilmoqda… Bolalarni Qutqarish tashkilotiga koʻra, har 35 soniyada 1 bola ayni kasalga chalinmoqda, YuNISEFga koʻra, har 10 daqiqada besh yoshga toʻlmagan bolalardan bittasi oldini olish mumkin boʻlgan sabablar tufayli oʻlmoqda. Jahon Sogʻliqni Saqlash tashkiloti, BMTning Bolalar Jamgʻarmasi va Jahon Oziq-oqat Dasturining joriy yil 26 iyulda chiqargan qoʻshma bayonotlarida “dunyoda eng yomon tarqalayotgan xolera dunyoda eng gumanitar inqiroz boʻlayotgan bir paytda boʻlmoqda”, deyildi. Bularning barchasi urush sababli 4000 bolaning bevosita oʻlimiga va jarohatlanganiga qoʻshimcha boʻldi, biroq bu shafqatsiz urushning oxiri koʻrinmayapti!!

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti boshlagan ayni kampaniya yana shularni ham fosh etadiki, bu urush nafaqat toifachilik urushi, nafaqat “terrorizm”ga qarshi urush, nafaqat regional kuchlar oʻrtasidagi siyosiy egoistik maqsadlarini qondirish yoʻlidagi jangovar kurash, balki shu bilan birga, Yaman ustida ketayotgan xalqaro mustamlakachilik kurashi hamdir. AQSh bilan Britaniya oʻrtasidagi bu kurashda ikkala davlat ham Yamanda bir-biridan koʻra koʻproq strategik nufuzni qoʻlga kiritish uchun oʻzlarining mahalliy va regional malaylari yordamida urush olovini yoqishmoqda. Shuning uchun yamanlik begunoh bolalar qurbonliklari, mahalliy kuchlar va ularning Britaniya va Amerikadagi xoʻjayinlarining egoistik manfaatlariga xizmat qilmoqda. Qurol va urushlar yasovchi, axloqan buzuq bu davlatlarning oʻzlari esa, yamanlik bolalar qirgʻiniga, ochligiga va azob-uqubatlari hajmiga oʻzlarining moliyaviy va siyosiy yutuqlari yoʻlidagi maqbul-oddiy toʻlov, degan eʼtiborda qarashmoqda!! Demak, bunday qirgʻinbarot urushga chek qoʻyish uchun kapitalistik Gʻarb hukumatlari va xalqaro hamjamiyatga nega siyosiy istak yetishmayotganining sababi ham, asosiy axborot vositalarining bu kurashni nega juda oz yoritayotgani sababi ham, binobarin, bu urush ertaga unutiladigan urushga aylanuvchi urush ekani sababi ham, bularning barchasi shu moliyaviy va siyosiy yutuqlar bilan izohlanadi!

Shuningdek, ayollar qanoti boshlagan kampaniyada, Islomda harom qilingandek, musulmon musulmon birodarini oʻldirayotgan bunday urushga chek qoʻyishga chaqiriladi, musulmonlardan, ularning ulamolari va armiyalaridan zudlik bilan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish talab qilinadi. Chunki yurtlarimizga boʻlgan mustamlakachilik aralashuvlariga chek qoʻyishga, siyosiy manfaatlarga qurol boʻlayotgan toifachilik fitnasini koʻmishga, Ummatni boʻlib yuborayotgan soxta chegaralarni yoʻq qilishga, oʻnlab yillar davom etgan ilmoniy boshqaruv sababli musulmonlar oʻrtasida kechayotgan kurash va ixtiloflarga yakun yasashga yolgʻiz Xalifalik davlatigina qodir.

Va nihoyat, ushbu kampaniya Yaman zaminining Xalifalik davlati zamonlarida erishgan farovonlik, xavfsizlik va barqarorlik tarixini namoyish qiladi, Xalifalik davlatining yamanlik bolalar va ularning oilasiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bugungi surunkali muammolarni qanday yechishini bayon qiladi. Shuning uchun biz sizlarni ushbu kampaniyamizni qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz, zero, uni quyidagi manzil orqali kuzatib borishingiz mumkin:

https://www.facebook.com/womenandshariahA/

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.