Amerika Shom ahlini tiz choʻktira olmay aqldan ozmoqda

842
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Shom ahlini tiz choʻktira olmay aqldan ozgan Amerika va uning ittifoqchilari ularni taslim boʻlishga majbur qilish uchun nafaqat havo hujumlarini, balki quruqlikdagi harbiy aralashuvlarini ham kuchaytirishmoqda

Amerika oʻtgan olti yil ichida Shom ahlini togʻutga tiz choʻktirish hamda uning zoʻravonligiyu qirgʻinlariga rozi qildirish uchun turli vositalar bilan harakat qildi. Lekin bu kabi vahshiy va qonxoʻr vositalarning birortasini qoldirmay ishga solishiga qaramay, Shom ahlini tiz choʻktira olmadi… Avvalo havo va suvdan turib bombalar yogʻdirdi, soʻng Eron va Rossiyani ishga soldi… Soʻng mayda guruhlarni, Turkiya va Eronga oʻxshash mintaqa davlatlari nomli katta guruhlarni, undan keyin Eron Hizbi kabi tobe qurolli toʻdalarni, undan tashqari turli nomdagi va ichkaridagi guruhlarni ishga soldi… Bu ishlar gohida Amerika tomonidan, gohida uning ittifoqchilari tomonidan amalga oshirildi…

Bu ittifoqchilarni tashvishlantirayotgan narsa shuki, Suriyadagi vaziyat Liviya yoki Yamandagi kabi xalqaro kurash holatida emas, balki taʼsir koʻrsatish tayanchlari Amerika qoʻlida… Shuningdek, Suriyaga qoʻshni regional kuchlar ham Amerikaning sodiq malaylaridir. Hatto Iordaniya kabi inglizlarga moyilligi bor davlatlar ham inglizlarning Amerikaga qarshi chiqmaydigan, imkon topilsagina tashvish tugʻdiradigan davlatlardir… Suriya ichkarisidagi muxolafatning aksariyati esa birodarlariga qarshi qurol-yarogʻ va iflos pullar bilan taʼminlanmoqda. Bularning barchasi Amerika yoʻllanmasi bilan boʻlmoqda… Bulardan tashqari Amerika sulhlar, faqat muxolifat amal qilishi shart boʻlgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvlari kabi fitnalarni uyushtirmoqda, iflos pullar va qurollar kimga berilishini belgilamoqda. Bunday fitnalarning oxirgisi xavfsiz zonalar belgilanishidir… Ayni paytda Amerika, uning ittifoqchilari va malaylari qarshisida uncha katta boʻlmagan jamoalar hamda oʻz Robbilari, dini va Ummatiga sodiq va xolis Shom ahli turibdi… Bu esa moddiy kuch Amerika, uning ittifoqchilari, malaylari va munofiqlar kabi Islom dushmanlari qoʻlida ekanini koʻrsatyapti… Lekin bular nusrat va magʻlubiyat masalasini hal qilmaydi…

Shunday qilib Amerika, uning ittifoqchilari va malaylari es hushini yoʻqotib aqldan ozdi. Ularning aqldan ozishi tabiiydir. Chunki ular Shomning sadoqatli ahliga oʻz rejalarini qabul qildirish uchun barcha vositalarini ishga solishsa muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi… Endi esa ular rejalashtirgan yechimlarini harbiy amaliyotlarni kuchaytirish bilan zoʻrlab tiqishtirishdan boshqa choralari qolmadi. Ular bu ishni nafaqat quruqlik va havodan bombalar yogʻdirish hamda maxsus kuchlar, mutaxassislar va maslahatchilarni yuborish orqali qilishmoqchi. Balki armiya darajasidagi quruqlikdagi harbiy yurish, yaʼni harbiy mustamlaka qilmoqchi. Lekin ular bu ishni terrorizmga qarshi kurash nomi bilan bezashmoqda. Aslida ularning oʻzi terror oʻchogʻidir.

 “Ularni Alloh laʼnatlagay! Qanday adashmoqdalar-a!” [Tavba 30]

Ular bu ishni boshqa sabab bilan bezashi, yaʼni xalqaro rezolyutsiya bilan kuchga kirgizishi mumkin… 2017 yil 15 sentyabr Ostona shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilish mana shu ikki ishga ishora qilmoqda. Arabiyya net sayti 2017 yil 15 sentyabr juma kuni Ostonada boʻlib oʻtgan yigʻilishdan shunday iqtibosni keltirdi: (… Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Ostona soʻzlashuvlarining yakuniy bayonotini eʼlon qilish uchun oʻtkazilgan juma kungi konferentsiyada bunday dedi: Belgilangan xavfsiz zonalar yana olti oy shunday davom etadi va bu muddat choʻzilishi ham mumkin… Qozogʻiston poytaxtida Ostona-6 uchrashuvlari oʻzining ikkinchi kunida rasmiy shaklda davom etadi. Shuningdek Rossiya, Eron va Turkiyalik xalqaro ekspertlar oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan uchrashuvlar ham davom etadi…

Turkiyaning Onadoʻli axborot agentligi Ostona uchrashuvida Idlibdagi xavfsiz zonalar hududi masalasida kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatdi. Manba yana Idlib mintaqasida qaysi kuchlar joylashtirilishi haqida soʻzlashuvlar davom etishi haqida qoʻshimcha qilgan… Uchrashuvning birinchi, yaʼni juma kuni Qozogʻiston prezidenti agar xavfsizlik kengashi rozilik bildirsa tinchlikparvar kuchlarni Suriyaga joʻnatish uchun tayyorligi haqida aytgan… Oriyent net sayti 2017 yil 14 sentyabrda Nazarbayevning juma kuni oltinchi davra uchrashuvlari bilan hamohang Ostonada oʻtkazilgan matbuot anjumanida bergan bayonotini tarqatdi. Nazarbayev unda shunday degan: (Agar xavfsizlik kengashi shunday qaror qabul qilsa, biz BMTga aʼzo ekanmiz bu ishda ishtirok etish uchun harbiylarimizni yuborishimiz mumkin).

Bu bayonotlarda yuqori harbiy xarakter namoyon boʻlmoqda, chunki Idlibni kurashga kirgizish boshqasidagidan farq qiladi. U yerda oʻzlari terrorchi yoki moʻʼtadil boʻlmagan deb nomlayotgan jangarilarni yarashish va shu kabi bahonalar bilan toʻplashgan… Bu narsa shu davlatlar, xususan Turkiyaning ayrim masʼullari bayonoti va Idlib yoʻnalishi boʻyicha kuchlarni joylashtirishida koʻzga tashlangan.

Sputnik sayti 2017 yil 17 sentyabrda shuday xabar tarqatdi: (Suriya chegarasiga yaqin Kilis shahridagi mahalliy manbaning aytishicha shaharda bir haftadan beri yuqori darajadagi harbiy xarakatlar boʻlmoqda. Turkiya qurolli kuchlari bir haftadan beri Suriya chegarasiga qoʻshimcha kuchlarni yubormoqda… Suriya chegarasidagi turkiyalik askar sputnikka aytishicha Turkiya armiyasi uch kundan beri Suriyaning Idlib shahriga yaqin Livo Iskandarun provintsiyasidagi Rayhoniya shahrida harbiy kuch va texnikalarini yigʻmoqda…). Avvalroq esa Qozogʻiston prezidenti xavfsizlik kengashi qarori boʻyicha harbiy aralashuv haqida bayonot bergan. Bu bayonotni Nazarbayev oʻzidan kelib chiqib gapirmaydi, (chunki uning qoʻllari hamma yoqqa yetadigan uzun emas). Shuning uchun qoʻli yetmaydigan yer haqida gapirmaydi, balki Amerika va uning ittifoqchilari oʻrgatayotgan narsani gapiradi… Shunga koʻra jinoyatchi Amerika Shom togʻutini uzoq muddat himoya qilganidan keyin, endi uning oʻrniga boshqa alьternativni topgunicha sabr qilmaydiganga oʻxshaydi.

Balki Amerika oʻzi rejalashtirib qoʻygan ish, yaʼni harbiy okkupatsiya qiladi. Amerika bu ishni Shom ahlini yangi ilmoniy togʻutga tiz choʻktirish uchun terrorizmga qarshi kurash va xalqaro hamjamiyat qarori nomi bilan amalga oshiradi. Islom dushmanlari bu ishga qodirmiz deb oʻylashmoqda, lekin ularning gumonlari yaqinda kuch-quvvat va azizlik egasi boʻlgan zot tomonidan puchga chiqariladi.

Ey sodiq Shom ahli: Sizlar Robbingizga boʻlgan ixlos va qatʼiy qaroringiz bilan Amerika va uning ittifoqchilarini hayratga soldingiz. Ularning qarshisida turgan jamoatlar uncha katta boʻlmagan va soni kam jamoalardir. Ular tarqoq va birlashtiradigan siyosiy yetakchilikka ega emas.

Agar bu tarqoq jamoalar birlashsa va bir saf boʻlib yigʻilsa hamda ichiyu tashini Islom nuri yoritsa nima boʻlishini tasavvur qilib koʻring. Bu yerda boshqa bir masala ham bor. Bu masala shuki, iflos pullarga aldanib, oʻzaro bir-biri bilan urushayotgan va dushmaniga yurtiyu ahlini tashlab qoʻygan guruhlar sizning farzandlaringiz va birodarlaringizdir. Ular Islom dushmanlariga bosh egmasligi va imon lagerida boʻlishi uchun ularni bu yoʻldan qaytaring… Albatta bu ikki ish: Bu jamoalarni birlashtirib, ularni yetaklaydigan siyosiy yetakchilik yoʻqligi va bu guruhlar Islom dushmanlariga boʻysunishi hamda ularning iflos pullariga tayanishi sizning ichki devoringizdagi yoriqdir. Bu yoriqni tuzatish sizni qoʻlingizda, unga yaxshilab eʼtibor qaratib, jiddu jahd bilan uni tuzating.

Ey barcha joydagi musulmonlar: Amerika va uning ittifoqchilari harbiy aralashuvini yangi nomlar bilan mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek bu aralashuvni nafaqat havodan hamda maxsus kuchlar va ekspertlar orqali, balki armiya bilan qilishni xohlashmoqda. Shuningdek, bu ishlarni terrorga qarshi kurash va xalqaro hamjamiyat qarori kabi nomlar ostida amalga oshirishmoqchi… Bu juda xatarli ish boʻlib, mintaqani eski harbiy mustamlaka mintaqasiga aylantiradi va u mintaqani yangi nomlar ostida harbiy bazalar bilan oʻrab oladi. Agar ular mana shu ishda Shomda muvaffaqiyat qozonsalar, keyin Shomdan boshqa joylarga ham oʻtadilar. Unda qadimiy qissadagi (Oq hoʻkiz oʻldirilgan kunda oʻldirilgan ekanman) degan gap haqiqat boʻlib chiqadi. Keyin barcha pushaymon boʻladi, lekin pushaymon foyda bermaydi… Bu hazil emas, uzil-kesil ishdir, u haqida jiddiy oʻylanish, yaxshi tadbir qilish va chuqur fikrlash lozim. Sizlarga soyabon boʻlgan Xalifalik qulagani tufayli dushmanlar shu ishlarni qilishga jurʼat qilmoqda. Xalifalik binosini tiklash esa oʻz qoʻlingizda. Xususan quvvat egalari mustamlakachi kofirlarni maqtayotgan ruvaybiza hokimlarni yanchib tashlash va bu kelishuvlarni bekor qilishga kuchi yetadi, shunda Islom dushmanlarining harbiy bazalari foyda bermaydi.

 “Ular ham oʻzlarining qoʻrgʻon-qalʼalarini Alloh(ning azobidan) toʻsguvchi deb oʻylagan edilar. Bas, Alloh(ning azobi) ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qoʻrqinch soldi” [Hashr 2]

Ey Suriya ahli va barcha joydagi musulmonlar: Siz dushmanlaringiz moddiy quvvatda qancha kuchli boʻlishiga qaramay, sizni shuncha yildan beri oʻz loyihalariga boʻysundira olmaganini koʻrdingiz. Allohning tavfiqi va yordami tufayli sizning sabot bilan turishingiz dushmanlarning qarori zaifligi hamda ulkan imkoniyatlarga ega boʻla turib, hech narsa qila olmasligini koʻrsatdi. Chunki ular yuzma-yuz kelish va jasorat koʻrsatishdan qoʻrqadi…

Lekin qoʻrqoq dushmanining devoridagi yoriq va qalʼasidagi buzilgan joydan foydalanishi mumkin. Shuningdek u haqiqiy kuchi borligidan emas, balki dushmanining devorini yorish va qalʼasini buzish uchun oʻzini sherga oʻxshatib olishi mumkin… Shuning uchun hech qachon oʻz ahlini aldamaydigan Hizb ut-Tahrir sizlarni bu yoriq va buzilishlarni Islom hukmlari bilan tuzatmay tashlab qoʻyishdan ogohlantiradi. Chunki bu ish avvali nima bilan tuzalsa, yana oʻsha narsa bilan tuzaladi. Boshqacha aytganda u Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritish va Alloh yoʻlida harakatga keladigan armiya bilan tuzaladi, bu yerda bundan boshqa yechim yoʻq… Agar Hizb ut-Tahrirning ogohlantirishiga javob qilsangiz, Allohning izni bilan dunyoyu oxiratda azizlikka erishasiz.

 “(Agar shunday qilsangizlar, Alloh) sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qilur hamda sizlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur. Bu esa ulugʻ baxtdir. Va (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir neʼmatni ham berurki, u) Alloh tomonidan boʻlgan gʻalaba va yaqin(da roʻy berguvchi) fathdir. (Ey Muhammad), moʻminlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!” [Sof 12-13]

 “Albatta bunda (ogoh) qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlgan xolda (yaʼni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir” [Qof 37]

Hizb ut-Tahrir

2 muharram 1439h

22 sentyabr 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.