Tramp KXDR va Venesuela fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

358
0

Tramp KXDR va Venesuela fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp qator mamlakatlar fuqarolari uchun Amerikaga kirishni cheklash toʻgʻrisida farmon imzolagan edi. Endilikda Qoʻshma Shtatlarga kirish cheklangan davlatlar roʻyxatiga Venesuela, KXDR va Chad kiritildi, deb xabar qildi RIA Novosti Oq Uydan kelib tushgan bayonot asosida.

Venesuela, KXDR va Chad davlatlariga nisbatan kiritilgan taqiq 18 oktyabrdan kuchga kiradi.

 Shuningdek, Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali davlatlari “qora roʻyxat”da qoladigan boʻldi. Sudan ushbu roʻyxatdan chiqarildi.

Roʻyxatdagi (Venesueladan tashqari) yettita davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalari boʻyicha kirish muzlatilgan. Venesuela uchun taqiq faqatgina qator muassasalar rahbarlari, ularning oila aʼzolari hamda biznes va sayyohlik vizalariga ega shaxslarga joriy etilgan.

 Qolgan mamlakatlarga kelsak, Chad, Liviya va Yaman fuqarolariga turistik va ishbilarmonlik bilan bogʻliq tashriflar uchun vizalar berilmaydi. Shimoliy Koreya va Suriya fuqarolariga AQShga kirish toʻliq man etilgan.

 18 oktyabrgacha viza oladigan diplomatlarga va ayni vaqtda immigrant yoki qochqin maqomiga ega shaxslarga ushbu taqiqlar joriy etilmaydi.

 AQSh prezidenti Tramp oʻz qarorini immigrantlarni xavfsiz saralab olish mumkinmasligi bilan izohlagan.

 “Mening birinchi galdagi vazifam Amerika xavfsizligini taʼminlashdan iborat. Biz xavfsiz saralashni taʼminlay olmaydigan shaxslarni oʻz mamlakatimizda qabul qilmaymiz”,- deb yozgan u Twitter dagi akkauntida.

 Oq uyning rasmiy bayonotida KXDR va Venesuela Amerika hukumati bilan viza masalalari boʻyicha hamkorlik qilmagani uchun taqiqlar roʻyxatidan oʻrin olishgani taʼkidlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.