Oʻzbekiston va Rossiya terrorizmga qarshi kurashda axborot almashinuvini kuchaytirmoqda

919
0

Oʻzbekiston va Rossiya terrorizmga qarshi kurashda axborot almashinuvini kuchaytirmoqda

 “Sputnik” xabariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlari terrorizm va ekstremizm qarshi kurash doirasida, maʼlumot almashinuvini kuchaytiradi. Bu haqda RF xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Rashid Nurgaliyev maʼlum qilgan.

 Chorshanba kuni Toshkentda Rossiya-Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha maslahatlari boʻlib oʻtdi. Ularni RF xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov oʻtkazdilar.

 “Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amalga oshirilgan davlat tashrifi chogʻida barcha yoʻnalishlar, shu jumladan xavfsizlik yoʻnalishida ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlanishiga yangi turtki berilgani, boʻlib oʻtgan maslahat ishtirokchilari tomonidan eʼtirof etildi. Rossiya va Oʻzbekiston vazirlik va idoralarning turli darajadagi aloqalari faollashdi. Shu sababli bugun Oʻzbekiston va Rossiya xavfsizlik sohasida aloqalarining istiqbolli masalalari muhokama qilindi”,- deb taʼkidladi Nurgaliyev.

 Shu bilan birga, Nurgaliyev oʻz nutqida, ikki davlatning tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan tezkor axborot almashinuvi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda muhim boʻlgan holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etish ishlarini jadallashtirish koʻzda tutilganligini taʼkidlab oʻtdi. Ushbu yoʻnalishda hamkorlik MDH va ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashi formatida davom etadi.

 “Markaziy Osiyoda vaziyatni muhokama qilar ekanmiz, ushbu mintaqada vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Mintaqada xavfsizlikning taʼminlanishiga Afgʻonistondagi vaziyat oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlariga Suriyada terrorchilik uyushmalari tarafida jang qilgan jangarilar qaytib kelmoqda. Ular “mudroq” holatdagi yashirin yacheykalar tashkil qilmoqda. Ular istalgan vaqtda oʻz qoʻporuvchi xarakatlarini boshlashlari mumkin”,- deb qoʻshimcha qilgan Nurgaliyev.

Muzokaralar davomida ikki tomon fikr-mulohalarining oʻxshashligini namoyon boʻlgan. Eng avvalo kelgusida hamkorlikni rivojlantirish va yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal qilishga tayyor ekanligini koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston va Rossiya xavfsizlik kengashining ekspertlari uchrashuvlarini muntazam ravishda oʻtkazib borilishiga kelishib olindi.

Turkiston:

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShda boʻlib oʻtgan BMT assambleyasida, Gʻarb olamining siyosiy elitasi tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Oʻzbekiston MXX raisi Rustam Inayatovni qora roʻyxatga kiritganini eʼlon qilgan AQSh bu bilan, Mirziyayevni qoʻllab quvvatlashga tayyor ekaniga ishora qildi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda islohiy harakatlarni bir necha yil oldinga ildamlatib yuborayotgandek, bir qator siyosiy, moliyaviy va iqtisodiy qadamlar tashladi. Uning bu shijoat bilan, tavakkal qilib olib borayotgan islohiy harakatlaridan  Gʻarb olami ham, Rossiya ham vaziyatlarga munosabat bildirishda shoshilib qolishyapti. Har ikkala tomon ham Oʻzbekiston prezidentining pozitsiyasi va strotegik rejalarini anglab ulgura olishmay, undan xavfsiray boshlashyapti. Buning ustiga islohiy harakatlarga qarshi Mirziyayevning asosiy raqibi boʻlgan MXX raisi Inayatovning ogʻir dardga chalingani haqida xabarlar tarqay boshladi.

Albatta Oʻzbekistonni oʻzining mustamlakasi deb bilgan Rossiya, u yerdagi holatga eʼtiborsiz qarab tura olmaydi. Patrushevning tashrifi ham, mamlakatning strotegik pozitsiyalarda Rossiya bilan birga yoki aksincha ekanini tekshirish maqsadida uyushtirilgan. Hozirda Oʻzbekiston boshqaruv tizimi bilan MXX boshchiligida Karimovdan qolgan siyosiy rejimni saqlab qolish tarafdorlari oʻrtasida juda katta jarlik paydo boʻlib, vaziyat oʻta nochor va keskin holatda turibdi. Rossiya bu holatga kuchli taʼsir oʻtkaza olishi mumkin. Yaʼni u Patrushev orqali Mirziyayevning sistemasiga qarshi MXXni qoʻllab yuborishi mumkin ekaniga ishora qilyapti. Bu esa mamlakatda hatto hokimiyatni harbiy toʻntarishgacha olib borishi ham mumkin.

Mirziyayevning siyosiy ambitsiyalari oʻta kuchli boʻlgani bilan, mamlakatdagi hozirgi vaziyat, xalqaro siyosatda taʼsir quvvatiga ega davlatlarning taʼsiri ostiga oʻtib boryapti. Yaʼni Oʻzbek siyosiy elitasi ikkiga boʻlinib, bir biriga ashaddiy raqibga aylanib boryapti. Bu esa, mustamlakachi davlatlar uchun oʻta kulay fursat kelganini anglatadi. Ular bir tomonni ikkinchi tomon bilan qoʻrqitib, vaziyatdan oʻz manfaati yoʻlida maksimal darajada foydalanib olmoqchi boʻlishadi. Ularning manfaatlari siyosiy, iqtisodiy, saqofiy va harbiy sohalarda boʻlishi mumkin. Vaziyatlarning ketuvidan ogoh boʻlib boraylik, birodarlar!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.