Davlat rahbarlari BMT bosh assambleyasi sessiyasi ochilishida ishtirok etadi
Jahon mamlakatlarining yetakchilari BMTning qarorgohida toʻplanmoqda. Ular BMT bosh assambleyasining yillik munozaralari ochilishida ishtirok etishadi.
19 sentyabr kuni AQSh prezidenti Donalьd Trampning chiqishi kutilmoqda. Bu uning 193ta aʼzo davlatni birlashtirgan BMTdagi ilk chiqishi boʻladi. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron ham davlat rahbari sifatida ilk bor BMTda chiqish qiladi.
Bu uchrashuvda Rossiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari darajasida ishtirok etadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kantsleri Angela Merkelning bu uchrashuvda ishtiroki rejalashtirilmagan. Mazkur tadbirda chiqish BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish uchun ham debyut boʻladi. 25 sentyabrda yakunlanadigan bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasiga bosh kotib raislik qiladi.
BMT sessiyasida Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ilk bor qatnashmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari jahondagi keskinlik oʻchoqlari haqidagi oʻz mulohazalari bilan oʻrtoqlashadilar. Birinchi raqamli masala soʻzsiz, Shimoliy Koreya yadro dasturi va ballistik raketalariga nisbatan BMT tomonidan eʼlon qilingan taqiqlarga Pxenьyanning haqoratli munosabati ekani aytilmoqda.