Bas yetar

545
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Bas yetar

AQSh bilan ittifoqdosh boʻlib, undan najot kutayotgan qoʻmondonlik bizga kerak emas!

General Qamar Bajva dunyodagi eng kuchli armiyalar ichida yettinchi oʻrinda boʻlgan va yagona islomiy yadroviy quroliga ega armiyaga qoʻmondonlik qiladi. Aftidan, unga Vashingtonning “terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostida bundan oʻn olti yil oldin boshlagan va hamon davom etayotgan salibchilik kampaniyasida Pokistonning shunchalar koʻp ziyon va mashaqqatlar koʻrgani kamlik qilayotgan koʻrinadi. Mana, General Bajva 2017 yil 23 avgustda AQSh elchisi bilan uchrashdi. Uning bu uchrashuvi prezident Donalьd Tramp murojaatidan ikki kun keyin boʻldi. Aslida esa, Pokiston Amerikaning bu kampaniyasidan chiqib olganini eʼlon qilib, uning elchisini qaytib kelmaydigan qilib yurtdan chiqarib yuborishi kerak edi. Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB)ga qarashli josus va jinoyatchi guruhlarini, Federal Tergov Boʻlimi xodimlarini, kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiylarini, barcha-barchasini quvib solish mana shu qoʻmondonning burchi edi. Biroq bularning oʻrniga, Bajva armiya qoʻmondonligi nomidan “Biz Qoʻshma Shtatlardan hech qanday moddiy yoki moliyaviy yordam olishga harakat qilmaymiz, lekin biz uning ishonchini olishga, pozitsiyamizni koʻrib-tushunishiga, qoʻshayotgan hamkorliklarimizni eʼtirof etishiga umid qilgan holda harakat qilamiz”, deya bayonot chiqardi.

Ey Pokistondagi musulmonlar, xususan, qurolli kuchlarimiz!

Barchangizga Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati – Bajva kimning ishonchini qozonishga urinmoqda?!, Bajva ittifoqdosh boʻlib kelayotgan Qoʻshma Shtatlar qanday davlat? – deya savol yoʻllaymiz. Hech shubha yoʻqki, u ishonchini qozonishga noloyiq boʻlgan mustamlakachi davlatdir! Bu davlat dunyodagi eng katta terrorchi tashkilot hisoblangan va eng koʻp moliyalanadigan “MRB”ga rahnamolik qiluvchi davlat. Binobarin, Pokistonning har tarafida sodir boʻlayotgan portlash va suiqasd amaliyotlariga javobgar ham mana shu davlatdir. Bu kabi amaliyotlar shu davlatning Janubiy Amerikadan tortib, Sharqiy Osiyoga qadar butun dunyo boʻylab olib borayotgan tashqi siyosatiga xizmat qiladi. Bu dinsiz davlat oʻzining nazorati ostidagi Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki kabi xalqaro moliyaviy muassasalarni, tabiiy resurslarga boy davlatlarni sanoat imkoniyatlaridan mahrum etishga safarbar qiladi. Bir vaqtning oʻzida, shu davlatlarga sudxoʻrlik kreditlarini berib, toʻlab-uzishning imkoni yoʻq qarzlar botqogʻiga botirib tashlaydi, shu davlatlar xalqlarini katta soliqlar bilan boʻgʻib tashlaydi… “Birinchi AQSh, keyin dunyodagi boshqa davlatlar”, degan bunday dimogʻdor davlatning butun olam Parvardigori Alloh Azza va Jallaning Yeriga yetakchi boʻlishga haqqi yoʻq. Bu davlat yurtlarimiz boyliklariga koʻz olaytiruvchi oʻzining ochkoʻz kapitalist biznesmenlari foydasini taʼminlash uchun ayollarimiz, bolalarimiz va qariyalarimizga qarshi ommaviy qirgʻin qurollari qoʻllanishiga qoʻyib berdi, qoʻrqoq yovuz askarlarining bizga ziyon yetkazishlariga, mulklarimizni talashlariga, nomuslarimiz va muqaddas yerlarimizni oyoq osti qilishlariga ruxsat berdi.

Bunday xoin yolgʻonchi dushman davlat bilan ittifoqdosh boʻlishdan qanday qilib yaxshilik kutish mumkin, axir, Alloh Azza va Jalla kofirlar bilan ittifoqchi boʻlishdan bizni ogohlantirganku?!:

 الَّذِينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ أَيَبْتَغُونَ عِندَهُمُ الْعِزَّةَ فَإِنَّ الْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا 

“Ular moʻminlarni qoʻyib kofirlarni doʻst tutadilar. Ular oʻsha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora boʻladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir” [Niso 39]

Qanday qilib-a, ey musulmonlar?! Bu amerikalik salibchilar hatto “sunʼiy tartibsizlik”lar¹  keltirib chiqarish bilan bizdan oʻn minglabimizni yoqib tashlasa ham, hatto Amerika urushiga minglab askar va zobitlarimizni yoqilgʻi qilib yuborishsa ham bizdan hargiz rozi boʻlishmaydi, bizni zarracha hurmat qilishmaydi. Rahmsiz zolim xoʻjayiniga oʻzini qul sifatida baxsh etgan Bajva singari hukmdorlarga yana qancha toqat qila olamiz?

Ey Pokistondagi musulmonlar, xususan, qurolli kuchlarimiz!

Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati barchangizga savol beradi: Bajva bunday pozitsiyasi bilan kimlarni oʻzida tamsil etyapti?! Dushmanlarimiz bilan ittifoqchi boʻlish bilan bizni shuncha tahqirlasa boʻlaveradi, deb oʻylayapti, shundaymi?! Yoʻq, unday emas, biz qalblari Alloh Azza va Jalla va Rosuli Aga boʻlgan muhabbat bilan toʻla hurmat-sharafga ega mard qurolli kuchlarmiz, yuragida olovi va Islom merosi bor shijoatli xalqmiz va u bilan faxrlanamiz. Chunki bu meros roshid Xalifalik zamonidan boshlab, to Hind yarim oroliga Islom hukmronlik qilgan paytda ham, shuningdek 1947 yili avgustda Islom nomi bilan davlat barpo qilish maqsadida, katta qurbonliklar berib, Britaniya mustamlakasiga qarshi jang qilinganda ham mavjud boʻlgan. Biz Amerika bosqinchiligi ostida hargiz xotirjam boʻla olmaymiz va biz Allohning kalimasini oliy qilish yoʻlida shahid boʻlishni yoʻqotish, deya hisoblamaydigan mard, chiniqqan qurolli kuchlarmiz.

Biz hurmat-izzatga ega qurolli kuchlarmiz, uygʻonish omillari mavjud xalqmiz, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik uchun markazlashish nuqtasi boʻlishga tayyor yurtmiz. Zotan, Islom bilan hukm yuritib, butun Ummatni qayta birlashtiradigan bu Xalifalik davlati butun mazlum dunyo intiqlik bilan kutayotgan va izlayotgan roshid odil yetakchilikdir. Alloh Taolo bunday degan:

 كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ مِنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ 

“Sizlar odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʻldingiz. Zero siz maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, oʻzlari uchun yaxshi boʻlardi. Ulardan moʻminlari ham bor va (lekin) ularning koʻplari itoatsiz kimsalardir” [Oli Imron 110]

Shunday ekan, ushbu Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etmasdan, qachongacha uni kutib oʻtiramiz?!

Ey Pokiston qurolli kuchlari safidagi musulmonlar!

Mustamlakachilar bilan yetmish yildan beri davom etib kelayotgan bu ittifoq bizga xorlikdan oʻzga hech narsa keltirmasligini isbotladi. Soʻnggi oʻn olti yil mobaynidagi yurtimiz beqarorligiga harbiy qoʻmondonlar sabab boʻldi. Chunki ular xavfsizlikni taʼminlashga emas, oʻzlarining bekamu-koʻst nafaqaga chiqishlarini kafolatlashga harakat qilishdi… Sizning zakovatingizdan, harbiy havo kuchlarimizdan, havo yoʻllarimizdan amerikaliklar manfaati va mudofaasi yoʻlida foydalanishdi. Darhaqiqat, kuni kecha Kiyoniy va Rahil sizning kuchingizni Qabilalar mintaqasida salibchilarni himoya qilishga sarflashgandi. Vaholanki, bu qoʻrqoq salibchilar, agar yolgʻiz tashlab qoʻyiladigan boʻlsa, Britaniya va undan oldingi Sovet Ittifoqi imperiyalari kabi yoʻq boʻlib ketishlari muqarrar. Bugun esa, Bajva sizning kuchingizdan xiyonatkor amerikaliklar bilan ittifoqchi boʻlishda foydalanyapti, Afgʻoniston Tolibonini muzokara qopqoniga ilintirish niyatida Amerikaning diyoringiz ostonalariga joylashishiga imkon beryapti.

Bunday razil qoʻmondonlikning qalbi tavhid kalimasi bilan yoʻgʻrilgan va qiyomat kuniga imon keltirgan bir qurolli kuchlarni boshqarishini qanday tushunsa boʻladi. Zotan, Alloh Taolo u kun haqida bunday degan:

 يَوْمَ لا يَنْفَعُ مَالٌ وَلا بَنُونَ * إِلاَّ مَنْ أَتَى اللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ 

“U kunda na molu-davlat va na bola-chaqa foyda bermas.  Faqat Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)” [Shuaro 88-89]

Bu nomard qoʻmondonlaringiz oyoq-qoʻllaringizga solgan kishanlarni parchalashingiz uchun yana qancha vaqt kerak?! Biz sizni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etish uchun darhol Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga, bu bilan samo ahlining ham, yer ahli boʻlmish ushbu mard Ummatning ham roziligiga noil boʻlishingizga daʼvat qilamiz.

¹ 2005 yil AQSh tashqi ishlar vazirasi Kandaliza Rays “Vashington post” gezetasiga bergan intervьyusida Qoʻshma Shtatlarning arab dunyosiga demokratiya yoyish niyatida ekanini, buning uchun AQSh maʼmuriyati tomonidan Oʻrta Sharqda “sunʼiy tartibsizlik”lar keltirib chiqarib, “Yangi Oʻrta Sharq” tuzish lozim boʻlayotganini maʼlum qildi.

Hizb ut-Tahrir Pokiston viloyati

3 zul-hijja 1438h

5 sentyabr 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.