Davlat rahbarlari BMT bosh assambleyasi sessiyasi ochilishida ishtirok etadi

450
0

Davlat rahbarlari BMT bosh assambleyasi sessiyasi ochilishida ishtirok etadi

  Jahon mamlakatlarining yetakchilari BMTning qarorgohida toʻplanmoqda. Ular BMT bosh assambleyasining yillik munozaralari ochilishida ishtirok etishadi.

 19 sentyabr kuni AQSh prezidenti Donalьd  Trampning chiqishi kutilmoqda. Bu uning 193ta aʼzo davlatni birlashtirgan BMTdagi ilk chiqishi boʻladi. Frantsiya prezidenti  Emmanuel Makron ham davlat rahbari sifatida ilk bor BMTda chiqish qiladi.

  Bu uchrashuvda Rossiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari darajasida  ishtirok etadi. Rossiya prezidenti  Vladimir Putin va Germaniya kantsleri Angela Merkelning bu uchrashuvda ishtiroki rejalashtirilmagan. Mazkur tadbirda chiqish  BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish uchun ham debyut boʻladi. 25 sentyabrda yakunlanadigan bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasiga  bosh kotib  raislik  qiladi.

  BMT sessiyasida Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ilk bor qatnashmoqda.

  Uchrashuv ishtirokchilari jahondagi keskinlik oʻchoqlari haqidagi oʻz mulohazalari bilan oʻrtoqlashadilar. Birinchi raqamli masala soʻzsiz, Shimoliy Koreya yadro dasturi va ballistik raketalariga nisbatan BMT tomonidan eʼlon qilingan taqiqlarga Pxenьyanning  haqoratli munosabati ekani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.