BMT Bosh kotibi AQShning “ogʻzi” bilan gapirdi

775
0
Israeli Prime Minister Benjamin Netanyahu (R) shakes hands with U.N. Secretary General Antonio Guterres as they deliver joint statements in Jerusalem August 28, 2017. REUTERS/Heidi Levine/Pool

BMT Bosh kotibi AQShning “ogʻzi” bilan gapirdi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan mushtarak matbuot anjumani tashkil qildi. Anjumanda Guterres AQShning ogʻzi bilan gapirib, Isroil-Falastin masalasida AQShning “Ikki davlatlik” yechimini olgʻa surdi va shu yechimga olib boradigan muzokaralarni boshlashga chaqirdi.

“Mening har doim bir narsani orzu qilaman, u ham boʻlsa, bu muqaddas zaminda bagʻrikenglik, tinchlik bilan yashash mumkin boʻlgan ikki davlatni koʻrishdir. Eng muhimi falastinliklarning yashash sharoitarini takomillashtirish bilan birga “Ikki davlatlik” yechimga olib boradigan siyosiy faoliyat jarayonini boshlashdir”, dedi Quddusda AQShning “Ikki davlatlik” yechimni taklifi qilgan Guterres.

Isroil-Falastin tinchligi oldida koʻplab muammolar borligini bildirgan Guterres “Bu muammolardan biri yahudiy aholi punktlaridir, yaʼni Gʻazo va Gʻarbiy sohil oʻrtasidagi ayirmachilikdir. Albatta, terror hodisalari ham bu muammolardan biridir. Bu qiyinchiliklarni yengish uchun tinchlik talabimizni kuchli tarzda oʻrtaga qoʻyishimiz kerak”, deya qoʻshimcha qildi.

Guterresning bildirishicha, Isroil iqtisodiy tarafdan oʻzini tiklab olgan. Falastinliklarga ham turmush sharoitarini yaxshilash uchun imkon berilishi kerak.

“Isroil oʻzining iqtisodiy rivojlanishini tamomiga yetkazdi. Ammo falastinliklarning ham yana-da yaxshiroq iqtisodiy shart-sharoitda yashashlarini koʻrsak yaxshi boʻlardi”, dedi u.

Ayni paytda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Gʻarbiy sohilda noqonuniy oʻrnashib olgan yahudiy aholi punktlarini olib tashlashga imkon bermasligini bildirdi. Netanyahu bu haqida kecha Gʻarbiy sohilda yahudiy aholi punktlari qurilishi boshlanganligining 50 yilligi munosabati bilan qilgan maʼruzasida aytib oʻtdi.

 “Isroilning Yahudo va Samariyagacha (Gʻarbiy sohilgacha) choʻzilgan yahudiy aholi punktlarini olib tashlashga aslo yoʻl qoʻymayman”, “Yahudiy aholi punktlarini olib tashlashning tinchlik kelishuviga aloqasi yoʻq. Bu tuproqlarni strategik mulkimiz sifatida himoya qilishda davom etamiz”, dedi Netanyahu.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.