Hamas yetakchisi: Eron bizning eng katta yordamchimizdir

466
0

Hamas yetakchisi: Eron bizning eng katta yordamchimizdir

Falastindagi Hamas tashkiloti Eron hukumati bilan oʻzaro munosabatlarini qayta tiklashga kirishdi. Bu haqida tashkilotning yangi siyosiy rahbari Yahyo Sinvar maʼlum qildi. Sinvar oʻzining matbuot bayonotida Eron hukumati Hamasning qurolli qanoti boʻlgan “Izzuddin Qassam” brigadasining eng katta moliyaviy va harbiy taʼminotchisi ekanligini bildirar ekan, Eron bilan Hamas oʻrtasidagi munosabatlar juda mukammal ekanligiga eʼtiborni jalb qildi.

Bayonotda Eronning Hamasga koʻrsatgan yordam koʻlami oshkor qilinmadi. Mintaqadagi diplomatlarning aytishicha, Eronning Hamasga koʻrsatayotgan moliyaviy koʻmagi soʻnggi yillarda keskin tushib ketgan.

Tehron hukumatining Suriya va Iroqdagi musulmonlarga qarshi amalga oshirgan ommaviy qirgʻilari tufayli Musulmonlarning Eronga nisbatan nafrat darajasi kuchayib ketgani sir emas. Shuningdek Hamas Suriya urushida Tehron maʼmuriyati bilan birga Bashar Asadni qoʻllab quvvatlamaganligi sababli tomonlar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandek boʻlgan edi. Biroq Hamas tashkilotining yangi siyosiy rahbari Yahyo Sinvar oʻzining bayonotida Hamas-Eron oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi va avvalgi holiga qaytishini taʼkidlab oʻtdi.

Isroil qamoqxonalarida 20 yil umrini oʻtkazgan Yahyo Sinvar Hamasning sobiq xavfsizlik masʼuli edi. U oʻtgan fevral oyida Hamasning siyosiy rahbari etib tayinlandi. Sinvarning taʼkidlashicha, hozirgi kunda Isroilga qarshi urush boshlash Hamasning strategik manfaatlariga umuman mos kelmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.