MXDQ: Ikki nafar jangari yoʻq qilindi

830
0

MXDQ: Ikki nafar jangari yoʻq qilindi

  Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) Chuy viloyatidagi aksilterror amaliyotining tafsilotlarini eʼlon qildi. MXDQ maʼlumotlariga koʻra, ikki nafar taxmin qilinayotgan terrorchi yoʻq qilingan, yana bittasi yaralangan. Kuch ishlatar organlar xodimlari orasida yoʻqotishlar va yaralanishlar yoʻq. Bu haqida “Azattыk” radiosi xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, 24 avgustga oʻtar kechasi Bishkekda patrul militsiyasi xodimlari “Nissan Presaj” avtomobilini toʻxtatishgan. Hujjatlarni tekshirish vaqtida yoʻlovchilar “Makarov” toʻpponchasini va jangovar granatani chiqarishgan va patrul militsiyasi xodimlariga doʻq-poʻpisa qilgan holda nomaʼlum yoʻnalishda gʻoyib boʻlishgan.

 28 avgustda IIV va MXDQning Bishkekdagi tezkor chora-tadbirlari vaqtida ushbu tashkilotning aʼzolaridan biri qoʻlga olindi, uning mashinasida va yashash joyi manzilida revolьver, turli kalibrdagi patronlar, “Makarov” toʻpponchalarining magazinlari va turli elektron axborot tashuvchilari topilgan.

 29 avgustda MXDQ terrorchi guruhning qolgan aʼzolarining joylashishini aniqladi. Jayil tumanida oʻtkazilgan maxsus amaliyot davomida jinoyatchilar qoʻrshovga olingan va ulardan qurolni tashlash talab etilgan. MXDQ xodimlari talabiga javoban jinoyatchilar oʻt ochishgan. Javob tariqasida berilgan oʻt ochishda MXDQ maxsus boʻlinmalari xodimlari tomonidan ikkita jangari yoʻq qilindi, uchinchisi yaralandi.

 Mahkama maʼlumotlariga koʻra, voqea joyi koʻzdan kechirilganida RGD-5 granatasi, “Makarov” toʻpponchasi va pichoqlar topilgan. Aniqlangan granata joyida zararsizlantirildi.

Turkiston:

MXDQ, hukumatga muxolif boʻlgan barcha siyosiy kuchlarga qarshi kurashda, yana Islom va musulmonlar nomidan yolgʻon vahimalar paydo qilish amaliyotlarini kuchaytira boshladi!

Toʻgʻrirogʻi bu ishni, Rossiyadan atayin kelgan FSBning maxsus boʻlinmalari boshqarib boryapti. Bu boʻlinma, oʻzining rasmiy xodimlari bilan Qirgʻiz xavfsizlik xizmatining deyarlik barcha tarmoqlari tizginini oʻz qoʻllariga olishgan. Bundan tashqari ularning yashirin tashkiloti ham Qirgʻizistonda erkin ish olib boryapti. Ular Qirgʻizistonda barcha deversantlik va atayin qoʻporuv ishlarini uyushtirish bilan shugʻullanishadi. Bunga biz, shu yilning aprel oyida, Qirgʻizistonda tugʻilgan Akrom Azimovning Rossiya FSBsi tomonidan Moskva koʻchalarining birida qoʻlga olingan paytda aniq ishonch hosil qilgan edik. Chunki Akrom Azimov Moskvada qoʻlga olinishidan bir necha kun avval qirgʻiz xavfsizlik kuchlari tomonidan Qirgʻizistonning Osh viloyati kasalxonasidan olib chiqib ketilgani shubhaga oʻrin qoldirmaydigan darajada isbotlandi. Yaʼni, FSBning maxsus deversant kuchlari Qirgʻiz MXDQ kuchlarining ustidan toʻla nazoratni oʻz qoʻllariga olishganiga oʻshanda ishonch xosil qilgan edik. Moskva koʻchasida Azimovning qoʻlga olinganini rasmiy matbuotlar orqali koʻrgan uning onasining talabi bilan, Qirgʻizistonda jurnalistlar atayin tekshiruv ishi olib borishdi ular tekshiruv jarayonida MXDQning matbuot kotibi Raxat Sulaymanovdan vaziyat haqida bayonot soʻrashganida, u “mening xabarim yoʻq, mendan bu haqda soʻramanglar” degan manoda javob berib, biror joʻyali soʻz ayta olmay qoldi. Demak FSB Qirgʻizistonda hatto MXDQni ogohlantirmay jiddiy amaliyotlar uyushtira boshlaganiga ancha boʻlgan, degan xulosaga keldik. Eʼtiborli joyi shundaki, Azimovga aloqador bu ishga, hanuzgacha aniqlik kiritilmadi va oʻz yechimini haligacha topgani yoʻq!

Endi, yuqorida yana qandaydir ikki nafar inson haqida gap ketmoqda. Kim biladi, balki qaysidir tomondan atayin olib kelinib, xiyobonda otib oʻldirilgandir. Hozir bularni qaysi terror guruhiga yopishtirsak ekan, deb bosh qotirishyapti. Rossiya FSBsining bu gʻalamis kuchlari avval Qirgʻiziston janubida ish boshlashgan edi. U yerda ham qandaydir qurolli shaxslar qoʻlga olindi degan bayonotlar tarqata boshlashdi. Rejalari boʻyicha biror yolgʻon amaliyotlar uyushtirib, uni Qorasuv rayonidan Suriyaga joʻnab ketgan “Tavhid va jihod katibasi” guruhining yetakchisi Abu Sallohga yuklamoqchi boʻlishgan edi. Shundan soʻng quyidagi

 https://web.facebook.com/ilyos.bek.334/videos/359791487811075/  link ostida  Abu Sallohning vidio bayonoti tarqadi.  Bu bayonot ularning rejalarini butunlay boʻlmasada, qisman parchalab yubordi.

Lekin bu iflos maqsadli kuchlar gʻalamis niyatlaridan voz kechganlari yoʻq. Ular ish uslublarini va oʻzlaricha tanlagan “terrorchi” guruhni hamda amaliyot maydonini oʻzgartirib, ishni Qirgʻiziston shimolida kuchaytirib  yuborishdi.

Shu oʻrinda Qirgʻiziston xalqiga, musulmonlarga, siyosiy elitasiga, tasirli islomiy ulamolarga va Qirgʻiziston kuch tizimlari vakillariga murojaat qilib oʻtmoqchimiz! Qirgʻizistonda shakllanib borayotgan bu holat juda yomon oqibatlarga sabab boʻlishi kutilmoqda. Yaʼni, mavjud hokimiyat yetakchilari va unga intilib borayotgan yetakchi guruh vakillari oʻzlarining, faqat oʻzlarining manfaatlari uchun Qirgʻizistonni Rossiya ixtiyoriga topshirib qoʻyishyapti! Millionlagan musulmonlarning eʼtiqodlarini ruslarga toptatib, ularning oyoqlari ostiga tashlab berishyapti! Ular Qirgʻiz xalqini, 1916 yilda islomiy eʼtiqodlari uchun Urkunda genotsid (millatga qarata ommaviy qirgʻin) qilgan Rossiyaning maxsus fitnakash va deversant harbiylariga topshirib qoʻyishyapti.

Ey Musulmon birodarlar, yuqoridagi kabi qotilliklar endi boshlanyapti. Bu ishlar – agar biz ularga ishonib boraversak – hali koʻp davom etadi! Lekin biz, ularning bu nayranglariga ishonchsizlik bildirib, ruslarni bizning ichki ishlarimizga aralashishlariga qarshilik bildirsak va shu faoliyatda jiddiylik va shijoat koʻrsatsak, har ikki dunyoda azizlikka erishamiz insha Olloh! Shuning uchun biz sizlarni, oʻz boyliklarini asrab qolish maqsadida hokimiya kreslolariga qattiq yopishib olgan yoki shu kresloga intilayotib mamlakat manfaatlaridan voz kechib, musulmon xalqini kofirlar qoʻliga topshirilishiga rozi boʻlib turgan siyosatchilarni muhosaba qilishga, ularni xizmatlarini inkor qilishga va rus deversantlari bilan hamkorlik qilish va yordam berishdan bosh tortishga chaqiramiz! “Hammamiz Ollohnikimiz va albatta Unga qaytamiz”! Ollohdan taqvo qilaylik! Birorta ham, hatto adashgan musulmon birodarimizni ham kufrning qoʻliga topshirib qoʻyish bilan Ollohga osiy boʻlib qolishdan qoʻrqaylik! Assalamu alaykum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.