Oq uy: Xitoy bilan iqtisodiy urush holatidamiz

456
0

Oq uy: Xitoy bilan iqtisodiy urush holatidamiz

AQSh Xitoyga qarshi iqtisodiy urushga shoʻngʻimoqda. Bu haqida AQSh prezidenti Donald Trampning strategik bosh maslahatchisi Stiven Bennon maʼlum qildi. Bennonning ogohlantirishicha Amerika bu mojaroda magʻlub boʻlishi mumkin.

 “Biz Xitoy bilan iqtisodiy urush holatidamiz. Ular nima qilayotganliklarini bemalol aytishmoqda. Ikki davlatdan biri 25 yoki 30 yildan soʻng gegemonga aylanadi. Va agarda, biz bu yoʻlda qoqilsak, ular birinchi boʻladi”, – degan Bennon chorshanba kuni “American Prospect” jurnaliga bergan intervyusida.

 Uning taʼkidlashicha, oʻzi uchun Xitoy bilan iqtisodiy urush – bu barcha narsani oʻz ichiga oladi.

“Menning nazarimda Xitoyga qarshi iqtisodiy urush hamma narsani oʻz ichiga oladi. Biz bu narsalarga jiddiy eʼtibor qaratishimiz kerak. Agarda magʻlub boʻlishda davom etaversak, 5 yoki 10 yildan keyin kuchlrimizni hech qachon qayta qoʻlga kirita olmaydigan nuqtaga yetib boramiz”, deya qoʻshimcha qildi u.

 Shuningdek, Bennon Oq uyning Xitoyga qarshi agressiv savdo siyosatini qabul qilishi lozimligini olgʻa surayotgan siyosatchilarni umidlari puchga chiqib qolishidan ogohlantirdi.

Avvalroq Tramp OAVga maxfiy maʼlumot berilishida Bennondan gumon qilayotgani xabar qilingan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.