Britaniya vaziri: Turkiya bizning voz kechib boʻlmas hamkorimizdir

632
0

Britaniya vaziri: Turkiya bizning voz kechib boʻlmas hamkorimizdir

2016 yil 15 Iyul Turkiyada muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat toʻntarishi tashabbusidan keyin Turkiya hukumatini qoʻllab-quvvatlash uchun darhol Anqaraga yoʻl olgan Britaniya vaziri Alan Dunkan oradan bir yil oʻtib, yana Turkiyaga tashrif buyurdi. Birlashgan qirollik Tashqi ishlar vazirligining Yevropa va AQSh boʻyicha masʼul vaziri Dunkan poytaxtga borishdan avval Istambul shahrida fuqarolik jamiyati tashkilotlarining vakillari va inson huquqlari tashkiloti aʼzolari bilan uchrashdi.

Dunkan Turkiyaga yoʻl olishidan avval Turkiya Britaniyaning ajralmas hamkori ekanligini va undan aslo voz kechib boʻlmasligini taʼkidladi.

 “Turkiyaga besh marta rasmiy safar qilayotganimdan mamnunman. Turkiya Buyuk Britaniyaning yaqin hamkoridir. Undan aslo voz kechib boʻlmaydi. Xavfsizlik, tijorat va ilm-fan sohalaridagi hamkorligimiz har ikki davlat uchun ham katta foydalar keltirmoqda. Angliya yaqin doʻst sifatida, Turkiyaning demokratiyani himoya qilish uchun qilayotgan harakatlarida uni qoʻllab-quvvatlashga tayyordir”, dedi Dunkan.

Britaniya vaziri Istanbuldagi uchrashuvlardan soʻng, Anqarada Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim, tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli, Yevropa Ittifoqi bosh muzokarachisi Omer Chelik va muxolifat masʼullari, xususan JXP (jumhuriyat xalq partiyasi)ning rahbari Kamol Qilichdoroʻgʻli bilan uchrashdi.

Alan Dunkan va Kilichdarogʻli oʻrtasidagi uchrashuv 30 daqiqa davom etdi. Xabarlarga koʻra, Dunkan Qilichdoroʻgʻlining faoliyatlarini olqishlagan. Qilichdoroʻgʻli ham demokratiya uchun jon-jahdi bilan kurashayotganligini va demokratiya uchun kerak boʻlsa bor-yoʻgʻini qurbon qilishga ham tayyorligini taʼkidlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.