Rossiya Qirgʻizistonga 2ta An-26 samolyoti sovgʻa qiladi

718
0

Rossiya Qirgʻizistonga 2ta An-26 samolyoti sovgʻa qiladi

“RIA Novosti” xabariga koʻra, Rossiya Mudofaa vazirligi Qirgʻiziston harbiy kuchlariga ikkita An-26 harbiy samolyoti beradi.

 Maʼlumki, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2012 yilda Qirgʻizistonga boʻlgan safari vaqtida Rossiya tomonidan Qirgʻiziston armiyasiga 1 milliard dollarlik texnik yordam koʻrsatish haqida kelishib olishgan edi. Bugungi kunga qadar Rossiya Qirgʻizistonga bronetexnika, artilleriya tizimlari hamda turli oʻqotar qurollarga kerakli boʻlgan oʻq-dorilar yetkizib berdi.

 “Oʻninchi avgust kuni An-26 samolyotlarini topshirish hamda aviatsiya texnik-ekspluatatsiya boʻlimining ochilish marosimlari boʻlib oʻtadi. Kant shahrida joylashgan Rossiya aviabazasi hududida ochilgan yangi boʻlimda Qirgʻizistonga tegishli boʻlgan aviatexnika taʼmirlanadi”,- dedi suhbatdosh.

 Qirgʻiziston Bosh shtabi maʼlumotlariga qaraganda, aviatsiya texnikasini hamda taʼmirlash ustaxonalari uchun kerakli boʻlgan asbob-uskunalarni topshirish marosimi Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin boshchiligidagi delegatsiya hamda Qirgʻizgʻiston Bosh shtabi rahbariyati ishtirokida boʻlib oʻtadi.

 Qirgʻizistonning Kant shahridagi Rossiya aviabazasi 2003 yilda KXShTning Tez oyoqqa turuvchi kollektiv qoʻshnlarining aviatsiya boʻlinmasi sifatida tashkil qilingan edi. Uning asosiy vaifasi yer usti operatsiyalarini havodan himoya qilishdan iborat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.