Reuters: Suriyada 2017 yilda 40 nafar Rossiya harbiy xizmatchisi halok boʻldi

745
0

Reuters: Suriyada 2017 yilda 40 nafar Rossiya harbiy xizmatchisi halok boʻldi

  2017 yil boshidan beri Suriyada Rossiya xarbiy xizmatchilari va xususiy harbiy kompaniya mutaxassislaridan kamida 40 nafari halok boʻldi. Bu haqda xalok boʻlganlarning qarindoshlari va oʻz ismini oshkor qilishni istamagan rasmiylarga tayanib “Reuters” axborot agentligi maʼlum qildi.

  Agentlikning taʼkidlashicha, halok boʻlganlar orasida 21 nafar xususiy harbiy kompaniya jangchisi, 17 nafar amaldagi harbiy xizmatchi va ikki nafar maqomi aniqlanmagan rossiyalik bor. Bu yilgi yoʻqotishlar 15 oydan beri davom etayotgan Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari boshlangan davrga nisbatan ancha oshgan. Oʻtgan  15 oy moboynida kamida 36 nafar Rossiya fuqorosi halok boʻlgan.

  Maqola mualliflarning taʼkidlashlaricha, Suriyada jang qilayotgan boʻlinmalarning komandirlari halok boʻlganlarning oila aʼzolaridan jim yurishlarini talab qiladi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2017 yilda atigi 10 nafar rossiyalik harbiy halok boʻlgan. Reuters eʼlon qilgan raqamlardagi tafovutlar Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyalarning jangovor harakatlardagi ishtirokini tan olmasligi va yoʻqotishlar yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlariga sezilarli taʼsir koʻrsatishi ehtimoli bilan izohlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.