Xitoy hukumati uygʻurlarni turli ballar bilan toifalarga ajratmoqda

706
0

Xitoy hukumati uygʻurlarni turli ballar bilan toifalarga ajratmoqda

Yarim asr mobaynida uch yuz mingdan ortiq musulmon hibsga olingan Sharqiy Turkistonda kommunist Xitoyning zulmi yana oʻzboshimcha zoʻravonliklar bilan davom etmoqda. Uygʻur musulmonlarining boshiga kelgan son-sanoqsiz zulmu-zoʻravonliklar qatoriga yana bir yangisi qoʻshildi.

Xitoy hukumati Urumchining Yangishahar tumanida istiqomat qilayotgan uygʻurlarni turli ballar bilan toifalarga ajratib chiqdi. Bu oʻlchovga koʻra, 80 va 100 ball berilganlar “Xavfsiz”, 50 bilan 80 oʻrtasida ball berilganlar “oʻrtacha”, 50dan past ball berilganlar esa “xavfli” deya baholandi.

Musulmonlarning bunday toifalarga ajratilishida ularning asosan 15 va 55 yosh orasida boʻlishi, ishsiz boʻlishi, pasportga ega boʻlishi, kundalik diniy ibodatdan birini amalga oshirishi, diniy maʼlumotga egaligi, xavfli koʻrilgan 26 davlatlardan biriga safar qilganligi, safarlardan kech qaytishi, boshqa davlatlar bilan turli xil aloqada boʻlishi va farzandlariga uyda taʼlim berishi eʼtiborga olinadi. Bu tashabbus butun Sharqiy Turkiston boʻylab amalga oshirilishi kutilmoqda.

Musulmon uygʻurlar yashaydigan mahalla va uylar qurollangan xavfsizlik kuchlari tarafidan uzluksiz 24 soat nazorat ostida olingan. Sharqiy Turkiston yerlari Xitoy tarafidan bosib olingan kundan buyon taqiqlar mamlakatiga aylandi. Deyari har kuni musulmonlar uchun bir holat taʼqiqlanadi. Masalan, har bir oila oʻz uyida 3 donadan ortiq pichoq ishlatishi, 50 yoshga yetmagan erkaklarning soqol qoʻyishi, Muslima ayollarning hijob kiyishi va ularning kiyimlari 110sm.dan uzun boʻlishi, shuningdek muslimalarning katta rumol oʻrashlari, davlat xizmatchilari va davlatdan maosh oladigan xodimlarning oʻz uylarida Qurʼon va joynamoz saqlashi, Ramazon oyida roʻza tutish, laylatul qodr kechasida ibodat qilish, tugʻilgan farzandlariga Islomiy ismlar qoʻyish va hokazo bir qancha Islomiy koʻrinishlar taʼqiqlangan. Diniy nikoh bilan turmush qurishga aslo ruxsat berilmaydi. Diniy nikoh bilan oila qurganlar yoki bittadan ortiq ayoli boʻlganlar darhol hibsga olinadi. Farzandlarining diniy taʼlim olishi uchun oilaviy chet elga ketganlar esa, Xitoyga qaytgandan soʻng yosh bolalari bilan qoʻshib, oilaviy qamoqqa olinadi. Musulmon oilalardan har bir farzandlari uchun 28 ming iyen (qariyb 5000 dollar) jarima solinadi. Bu jarimani toʻlay olmaganlarning barcha koʻchar va koʻchmas mulklari darhol musodara qilinadi.

Bunday taʼqiqlar ortidan Xitoy politsiyasi uchun uygʻur musulmonlarini “qonunni buzdi” deya qamoqqa olishlari xamirdan qil sugʻurgandek oson kechishi tabiiydir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.