Tojikistonda hijobga qarshi maxsus guruh tashkil qilindi

606
0

Tojikistonda hijobga qarshi maxsus guruh tashkil qilindi

Tojikistonning Hujand shahrida hijobga qarshi maxsus guruh tashkil qilindi. Oila va xotin-qizlar qumitasi qoshida tashkil qilingan mazkur guruhning vazifasi xotin-qizlarning “begona saqofat”ga moyilligini oldini olishdir.

Tojikiston Hukumati tarkibidagi Oila va xotin-qizlar bilan shugʻullanish qumitasining xabar berishicha, kuni kecha Sugʻd viloyatida ushbu masalaga oid majlis boʻlib oʻtgan. Majlisda xotin-qizlarning begona madaniyat va saqofatiga moyilligini olidin olish borasida koʻriladigan ish-choralar muhokima qilindi. Shu jumladan “tojik millatiga yot liboslarga” tashviq qilish tobora jiddiy tus olayotganligi xususida ham toʻxtalib oʻtildi.

“Sputnik” axborot agentligining xabariga koʻra, yigʻilishda Xoʻjand shahri faʼollari, taʼlim sohasi mutasaddilari, sogʻliqni saqlash tizimi, diniy anʼanalarni tartibga solish qoʻmitasi aʼzolari, yoshlar, sport va turizm boʻyicha masʼullar, oila va xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi qoʻmita vakillari, mahalla raislari, oʻrta va oliy bilim dargohlari rahbarlari, mahalla xotin-qizlar kengashi va viloyat ichki ishlari qoʻmitasi xodimlari ishtirok etgan. Majlisning yakuniy xulosasiga koʻra, “faol shaxslar va viloyatning masʼullari hisobidan” 21- guruh nomli ishchi guruh tashkil qilindi. Shu bilan birga, ushbu muammoga doir maxsus dastur tuzilib, shu dasturga binoan 21- guruhning asosiy vazifasi omma orasida hijobga qarshi umumiy fikr paydo qilish va odamlarda hijobga qarshi hissiyot oʻygʻotib, jamiyatda “begona liboslarga” qarshi imkon qadar kurashish koʻzda tutilgan.

Bu ishchi guruhi 4 iyuldan boshlab oʻz faoliyatini boshladi. Hozirda mahallalar, tijorat markazlari, tikuvchilik korxonalari, bogʻchalar, kasalxonalar, maktablar va restoranlarni kezib, qabul qilingan qarorga muvofiq hijobga qarshi faol ish olib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.