Qirgʻizistonda alifbo masalasi qayta koʻtarildi

949
0

Qirgʻizistonda alifbo masalasi qayta koʻtarildi

 Jogorku Keneshning 11-sentyabr kungi majlisida Taʼlim va fan vazirligi lavozimiga Kanibek Isakov nomzodi koʻrib chiqildi. Majlis davomida deputat Altinbek Sulaymanov nomzoddan lotin alifbosiga oʻtish boʻyicha fikrini soʻradi. Oʻz navbatida Isakov mamlakatning imkoniyati yetsa lotin alifbosiga oʻtishini qoʻllashini aytdi. Uning aytishicha, turk xalqlarini birlashtirish maqsadida lotin alifbosiga oʻtsa boʻladi.

 Bunga qadar Qirgʻiz milliy universitetining majlislar zalida “Qirgʻiz lotin alifbosi” loyihasi muhokama qilingan edi. Unda ishtirok etganlardan biri Altinbek Sulaymanov muhokama qilinayotgan masalani qoʻllab-quvvatlashini aytgan. Uning fikricha, Kreml yoki Moskvaning qosh-qovigʻiga qaragan davlat boshqaruvida oʻtirganlar orasidagina emas, xalq ichida ham shunday koʻz qarashda yurganlar bor. Bunday qarashlarga qarshi kurashish uchun jamoatchilik muhokamalarini koʻpaytirish kerak. 

 Qirgʻizistonda lotin alifbosiga oʻtish boʻyicha tashabbus “mustaqillik”ka erishgan yillardan beri paydar-pay koʻtarilib kelinadi. Chunki, alifbo mavjud mafkura saqofatining yoyishda muhim rol oʻynaydi. Masalan, Islom davrida arab alifbosidan foydalanish bilan bir qatorda musulmonlarga Qurʼon tilini oʻrganish shart boʻlgan. Chunki, musulmonlar shu tilni bilish orqaligina oʻz dinlarini tiniq tushina oladi hamda yoʻl koʻrsatuvchi olimlar yetishib chiqadi. Shu sababli Qirgʻizistondagi musulmonlar ham shu alifbodan foydalangan. Keyinchalik sotsialistik tuzum kelgach, arab alifbosini almashtirib oʻz saqofatini kirill alifbosi orqali yoya boshladi. Bugungi kunda kapitalistik tuzum vakillari boʻlgan Gʻarb davlatlari lotin alfibosidan foydalanishadi. Shu sababli, ular uchun har bir mamlakat mazkur alifbodan foydalanishi ahamiyatli. Ular bu maqsadlariga yetish uchun “turkiyzabon xalqlar birligi”ni bahona qilishadi. Shuningdek, taʼlim sohasiga grantlar ajratish orqali oʻz taʼsirini kengaytirib boradi. Masalan, 9-sentyabrda Taʼlim sifatini oshirish maqsadida Yevropa Ittifoqi 35 million yevro ajratgani maʼlum boʻldi.

 Bunga qadar Nursulton Nazarbayevning 2018-yil 19-fevralidagi qaroriga koʻra, Qozogʻistonni 2025-yilga qadar lotin alifbosiga toʻliq oʻtkazish topshirigʻini bergan. Markaziy Osiyodagi Rossiya taʼsiridagi davlatlarning bunday qadamga borishi, Rossiyaning oʻzida taʼlim tizimi qulab borayotganidan darak beradi. Bunga rus amaldorlari oʻz farzandlarini oʻqitish uchun Gʻarb davlatlariga yuborishayotgani dalil boʻla oladi.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.