Qozogʻiston parlamenti terrorizm uchun fuqarolikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tasdiqladi

744
0

Qozogʻiston parlamenti terrorizm uchun fuqarolikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tasdiqladi

 Qozogʻiston parlamenti senati deputatlari seshanba kuni terrorchilik faoliyati uchun fuqarolikdan mahrum etishni nazarda tutgan qonun loyihasini yakuniy oʻqishda tasdiqlashdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

 Xabarga koʻra, fuqarolikni oʻta ogʻir terrorchilik jinoyatlari va Qozogʻiston milliy manfaatlariga ogʻir zarar yetkazilgan taqdirda mahrum etish koʻzda tutilgan.

 Xususan, bularga genotsid, ayirmachilik faoliyati, ekstremistik guruhni tashkil etish, unga rahbarlik qilish yoki uning faoliyatida ishtirok etish kiradi.

 Endilikda hujjat Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolanishi kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.