Rossiya mintaqaga “Qirg’iziston darvozalari” orqali kirib kelmoqchi.

351
0

Rossiya o’zining Markaziy Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy va harbiy ishtirokini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Prezident Vladimir Putin mintaqa hususida bayon qilgan “yumshoq kuch” strategiyasi “Qirg’iziston darvozalari” orqali amalga oshiriladi. Shunday sharxlasa bo’ladi ma’lumot agentliklarining Bishkekda Rossiya-Qirg’iziston kelishuvlari paketining tasdiqlanishi uchun zarur bo’lgan barcha muolajalar yakunlanganligi haqidagi xabarlarini. Bu kelishuvlar majmuasiga mamlakatda yirik GESlar (Qambaota-1 va Yuqorinorin GESlari kaskadi) qurilishi va ishlatilishi haqidagi, hamda Qirg’izistonda birikkan rus harbiy bazasini tashkil qilish haqidagi hujjatlar kabi jihatlar kiradi.

Kelishuvlarning muhim qismi – bu GESlar qurilishidir. Suvga oid miqyosli loihalarda ishtirok etish Rossiyaning butun mintaqaga, shu jumladan quyi oqim mamlakatlari – O’zbekiston va Qozoqstonga juda kuchli va keng planli ta’sir o’tkazishi uchun qulay uslubdir.

Yana bir jihat – Qirg’izistonning 2013 yil oxirigacha Rossiya, Belarus va Qozoqstonni biriktirib turgan Bojxona Ittifoqiga qo’shilishi. Qirizistonning bu maqsadi mamlakat uchun juda xavfli, chunki Ittifoqqa qo’shilgach, unga keladigan bosimni ko’tarishlikka Qirg’izistonning iqtisodiy tuzumi tayyor emas. Hatto, Qirg’izistonga nisbatan og’ir vaznli Qozoqston iqtisodi uchun ham bu ittifoqqa qo’shilishdan bo’ladigan manfaat xoeircha gumonlidir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.