Makron: Bashar Asadning chetlatilishi endi ustuvor vazifa emas

468
0

Makron: Bashar Asadning chetlatilishi endi ustuvor vazifa emas

 Frantsiya prezidenti Emmanyuel Makron Suriya prezidenti Bashar Asadning hokimiyatdan chetlatilishi endi Suriyadagi inqiroz yechimini izlashdagi ustuvor vazifa emasligini aytdi.

 Uning fikricha, terrorchilikka qarshi kurashishga eʼtibor qaratish lozim.

 “Men Asadning chetlatilishini barchasi uchun boshlangʻich shart deb bilmayman, chunki uning qonuniy vorisi sifatida hech kimni koʻrmayapman”,- deb aytdi Makron 21 iyunda Yevropa nashrlarida chop etilgan intervьyusida.

 Makron terrorchilik guruhlariga qarshi kurash ustuvor vazifa boʻladigan, Suriya uchun yangi reja tuzishga chaqirdi. “Ular bizning dushmanlardir”, deb taʼkidlab oʻtdi Frantsiya prezidenti va terrorchilarga qarshi samarali kurashish uchun “barcha tomonlar, ayniqsa Rossiyaning hamkorligi” talab qilinishini aytdi.

 Makron kimyoviy qurol qoʻllanishi u uchun “qizil chiziq” hisoblanishini va bunday holatda Frantsiya vaziyatga aralashib, amerikaliklar yordamisiz ham aviazarbalar berishga tayyorligini aytdi.

 “Kimyoviy qurol qoʻllangani isbotlansa va biz uning kelib chiqishini bilsak, Frantsiya aniqlangan omborlarni yoʻq qilish uchun aviazarbalar bilan javob beradi”,- deb ogohlantirdi Makron.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.