Tramp yana bir bor Qatarni aybladi

382
0

Tramp yana bir bor Qatarni aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Qatarni yana bir bor terrorizmni moliya bilan taʼminlashda aybladi. Oq uyda tashkil qilingan matbuot anjumanida Tramp Qatarni terrorizmni yuqori darajada qoʻllab-quvvatlayotganligini olgʻa surib, buni toʻxtatishga chaqirdi.

“Bir qarorga kelishimiz kerak. Oson yoʻlni tanlaymizmi yoki qiyin va zarur boʻlganini qilamizmi? Terrorizmni moliyalashtirishni toʻxtatishimiz zarur. Menimcha Qatarni terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishga chaqirish vaqti keldi”, dedi Tramp.

Saudiya Arabiston rahnamoligida Qatarga blokada joriy qilgan davlatlar ham Qatarni “Musulmon birodarlar” va “Hamas” kabi guruhlarga moliyaviy dastak berishda ayblashmoqda. Saudiya tashqi ishlar vaziri Adil Jubayr oxirgi chiqishlarida Qatardan “Musulmon birodarlar” va “Hamas”ni mablagʻ bilan taʼminlashdan tiyilishni qatʼiy talab qildi.

Biroq Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot kotibi Mahmud Qorning taʼkidlashicha, Qatar inqirozining sababi “Musulmon birodarlar” yoki “Hamas” emas, balki buning ildizi Suriya masalasiga borib taqaladi.

“Qatar inqirozida asl masala “Musulmon birodarlar” yo “Hamas” yoki Suriyadagi boshqa guruhlarga yordam berish emasdir. Zero bu holat yangi paydo boʻlmagan va barchaga avvaldan maʼlum boʻlgan holatdir. Qatar inqirozi Suriya masalasiga bogʻliq. AQSh Britaniyaning qaramogʻi ostida boʻlgan Qatarga bosim oʻtkazib, Britaniyani Suriya va Iroq masalasida oʻzining rejalariga boʻysundirmoqda. Tramp Qatar inqiroziga qaramay, “CENTCOM” (Ikkinchi Koʻrfaz jangida Qatarga joylashtirilgan AQSh Markaziy kuchlar qoʻmondoniligi) Qatardan turib boshqarilishda davom etishini aytmoqda. Qatarning bunga lom-mim demasligi Britaniyaning bosim ostida qolaganligini va bunga roziligini anglatadi”, deydi Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot kotibi Mahmud Qor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.