Qirgʻizistonda daʼvat masalasi parlamentga taqdim qilindi

1494
0

Qirgʻizistonda daʼvat masalasi parlamentga taqdim qilindi

Qirgʻiziston koʻchalarida Islomga daʼvat qilish hamda shu maqsadda video va audio materiallar tarqatish taʼqiqlanishi haqida aytilmoqda. Ayni masalasini oʻz ichiga olgan qonun loyihasi davlat parlamenti “jokorku kenesh”ning kun tartibidagi asosiy mavzuga aylandi.

Mazkur loyiha din ishlari boʻyicha masʼul Zayirbek Ergeshov tomonidan parlamentning ijtimoiy ishlar, taʼlim tarbiya, madaniyat va xalq salomatligi qoʻmitasining yigʻilishida taqdim qilindi. Loyihaga koʻra, koʻchalarida Islomga daʼvat qilish va shu maqsadda turli video va audio materiallar tarqatish taʼqiqlanadi.

Loyihani muhokama qilish jarayonida “Onuguu progress” partiyasining vakili deputat Tazabek Ikromov “Bu loyiha mamlakatda Islomga daʼvat qilishni taʼqiqlaydimi?” degan savolni oʻrtaga tashladi. Loyihani parlamentga taqdim qilgan Yergeshov Ikramovning savoliga javoban bu loyiha insonlarni masjidga daʼvat qilishni man qilmasligini bildirdi.

“Hech kim fuqarolarni masjidga daʼvat qilishga qarshi emas. Xalqimiz diniy maʼlumotlarni masjidlarning imomlaridan olishlari kerak, koʻchalardan emas”, dedi din ishlari boʻyicha masʼul Yergeshov.

Koʻchalarda Islomga daʼvat qilishni taʼqiqlash masalasi muhokama qilingandan soʻng deputatlar birinchi ovozga qoʻyilishidayoq hukumatning taklifini qabul qildi.

Turkiston:

Bu nobakorlar “daʼvat” deganda nimani nazarda tutishyapti?! Ollohni yoki uning Rosuli (sav)ni koʻchada birovga maqtab boʻlmaydimi?! Yoki birovga namoz haqida gapirgan odam endi jinoiy javobgarlikka tortiladimi?! Hayit bilan bir birimizni tabriklasak, daʼvat qilgan boʻlamizmi?!

Bu konun loihasi yuqoridagi savollarning barchasini birma bir, alohida bandlar bilan koʻrsatib berishi shart! Chunki biz musulmonlar koʻchada oʻzimizni qanday tutishimiz lozim, kufrni ranjitmaslik uchun nimalar haqida gapirishimiz mumkin va qaysi mavzular taʼqiqlan, bular haqida tiniq maʼlumotga ega boʻlishimiz kerak!! Yaʼni, bizga yoʻl xaritasi chizib berilsin. Bu nafaqat musulmonlar uchun, balki bizni sud qilishi kerak boʻlgan ularning yuristlari uchun ham oʻta zarur!

Qanday kunlarga qoldik?! Hali Qirgʻiziston tarixida bunchalik Islom dinini tahqirlaydigan, uni kamsitgan bunaqangi qonun qabul qilingan emas! Fohishalikka yoki bachchavozlik kabi buzuqchiliklarga ochiq daʼvat qilinishiga qarshi qonun yoʻq. Demak, Qirgʻiz parlamenti Islom diniga chaqirishni, barcha buzuqchiliklarga chaqirishdan koʻra zararli va yomonroq deb topishipti!

Xulosa qilib aytganda, Biz musulmonlar uchun aniqlik kiritib berishsin. Quron va Paygʻambarimiz (sav)ning hadislarini umuman koʻchada gapirib boʻlmaydimi? Yoki ularni ichidan qaysi oyat va hadislarni taʼqiqlashyapti?! Bu ochiq televideniyalar orqali bayon qilinishi shart! Biz musulmonlar aniq bilaylik, bu nobakor kufrning shupurgilari bizdan va Ollohning dinidan nimalarni xohlashyapti?! Albatta dinimizdan voz kechib kufr keltirishimizni!!!

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

-“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.