Qamoqxonalarda radikallashuvni oldini olish masalasi muhokama qilindi

461
0

Qamoqxonalarda radikallashuvni oldini olish masalasi muhokama qilindi

“Azattыk” radiosi bergan xabarga koʻra, 2-iyun kuni Bishkek shahrida qamoqxona tizimida radikallashuvni oldini olish bilan bogʻliq xalqaro tajriba taxliliga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida terrorizm va ekstremizm moddalari boʻyicha sudlanib, jazo muddatini oʻtayotganlarning qamoqxonalardagi boshqa mahbuslarga boʻlgan taʼsirini cheklash shartlari muhokama qilindi. Muhokamada notoʻgʻri talqin qilingan diniy mafkuraga aldanish ortidan ekstremistik va terroristik oqimlarning ijtimoiy bazasi kengayib borayotgani aytib oʻtildi.

Jazoni ijro etish davlat xizmati raisi Taalaybek Japarovning soʻzlariga koʻra, qamoqxonalardagi sharoit oddiy ayblanuvchilarning radikallashuviga hissa qoʻshmoqda.

Maʼlumki, 2016-yilning oxiridan boshlab Qirgʻiziston qamoqxonalarida diniy ayblovlar bilan qamalganlarni boshqa mahbuslardan alohida saqlash tajribasi joriy qilina boshlangan edi.

Ayni vaqtda diniy ayblovlar boʻyicha sudlanganlar boshqa mahbuslardan ajratilib, Chuy viloyatidagi 27, 47 va 3- sonli qamoqxonalarida tashkil etilgan yopiq tartibli qamoqxonalarga koʻchirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.