Muborak ramazon oyi tabrigi

1451
0

Butun olam Parvardigori Allohga hamdu sanolar boʻlsin. Sarvari olam Muhammad Mustafoga, u kishining ahli oilalariga, ulugʻ sahobalariga va qiyomat kuniga qadar ul zotga goʻzal tarzda ergashgan zotlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd.

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Qadrli musulmonlar!
Biz Qirgʻizistondagi Hizb ut-Tahrir aʼzolari ushbu kirib kelayotgan ulugʻ ramazon oyi munosabati bilan sizlarni muborakbod etamiz. Alloh Subhanahudan barchamizni ushbu magʻfirat va yaxshiliklar oyi boʻlmish ramazon oyida doʻzaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini hamda Laylatul Qadrga yetkazib uning ajriga erishgan zotlardan qilishini soʻraymiz.

Bu oyning ulugʻ oyligiga dalil sifatida Alloh Taoloning ushbu kalomini zikr qilmoqchimiz:

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنْ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ
“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat boʻlib, hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib, Qurʼon nozil qilingan”[Baqara 185]

Rosululloh s.a.v ham bu oy shaʼni haqida Hadisi Qudsiyda bunday dedilar:

“قَالَ اللهُ: كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ، إِلاَّ الصِّيَامَ، فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ…”
“Alloh dedi: odam farzandining har bir amali oʻzi uchundir, faqat roʻza bundan mustasno. Chunki u Men uchundir va uning mukofotini Men Oʻzim beraman…”.

Kelasi yil Ramazon oyiga qay birimiz shohid boʻlamiz, qay birimiz unga yetib borolmaymiz, bu yolgʻiz Haq Taologa ayon. Shuning uchun, keling, shu kunlarda kirib kelayotgan Ramazonning haqqi hurmati, bizni unga yetkazgani uchun Alloh Taologa beadad hamd aytaylik, uning fazilatlarini yuksak qadrlab, sanoqli kunlarini gʻanimat bilaylik. Faqat ajr uchun roʻza tutib, Allohga yaqin boʻlish uchun qiyomul laylda boʻlaylik, xatmi Qurʼon qilaylik, solih amallarni koʻpaytiraylik. Solih amallarning gultojisi boʻlgan amallarni ziyoda qilaylik. Darvoqe, solih amallarning gultojisi, islomiy daʼvatni yetkazishdir. Bugun islomiy daʼvatni yetkazishdagi eng dolzarb ish musulmonlarni taqdirlarini hal etuvchi masalaga, yaʼni Alloh nozil qilgan ahkomlarni qayta tatbiq oʻrniga qoʻyishga chaqirishdir. Ahkomlarni tatbiq qilish tariqati Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdir. Shuning uchun, Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga chaqirish eng dolzarb ishdir. Ushbu eng dolzarb amalni ado etish uchun avvalo yaqin qarindoshlarni shunga daʼvat qilamiz. Chunki Alloh Taolo

وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ الْأَقْرَبِينَ
“Va yaqin qarindosh-urugʻlaringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!” [Shuaro 214]
degan. Bundan tushuniladiki, agar musulmonlar ayni damda oʻzlaridan talab qilinayotgan farzlar gultojisi boʻlmish Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilmasalar qattiq gunohkor boʻladilar.

Ey musulmonlar!
Bugun yer yuzidagi kufr kuchlari Islom va musulmonlarga qarshi jamlandi. Ular Shom zaminidagi Ummat qoʻzgʻoloniga barham berishga, Islom bilan yashashni talab qilayotgan musulmonlarni bostirishga, boshqa musulmonlarni Islom bilan yashash haqiqatini tushunishdan chalgʻitishga, ularga moʻʼtadil ilomni zoʻrlab oʻtkazishga til biriktirishdi. Ayni nopok maqsadlarini amalga oshirish uchun barcha uslublardan foydalanishyapti, qoʻllaridan kelgan hamma ishni qilishyapti. Erkagu yollarimiz, bolalarimiz va qariyalarimizni ajratmay qatli om qilib, yurtlarimizni vayron etishyapti… bu qilmishlarini sanab bitirish, taʼriflab baholash amri mahol.

Bas, shunday ekan, ey Mavarounnahr musulmonlari! Nusrat va fathlar oyi Ramazondan foydalanib qolaylik-da, ayni ahvolimizni oʻnglash uchun qattiq harakat qilaylik. Chunki buni oʻnglash bizning burchimiz. Alloh Taolo bunday degan:

إِنَّ اللَّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ
“Aniqki, to biron qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini hargiz oʻzgartirmas” [Raʼd 11]
Yana bunday degan:

إِنْ تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ
“Ey moʻminlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va kadamlaringizni sobit qiladi” [Muhammad 7]

Allohim, ushbu muborak oyni bizlarga haq-rost barakotli oy qil, unda barcha mazlum bechoralarimizga yordam ber, solih amallarimizda, xususan, daʼvatimizda Oʻzing madadkor boʻl, toat-ibodatlarimizni qabul, duolarimizni ijobat ayla, mustamlakachi kofirlar va ularning yuvindixoʻrlari ustidan gʻolib kelishimizga hamda buyurilgan farzlar tojini amalga oshirishimizga Oʻzing yordam ber, zotan, bu Senga aslo mushkul emas.

Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston
29 shaʼbon 1438h
26 may 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.