Tramp Bryusselda NATOni yana tanqid qildi

406
0

Belgiya poytaxti Bryusselda tashkil qilingan NATO sammitida AQSh prezidenti Donald Trampning talablari yangradi. Tramp NATOga aʼzo davlatlarning aksariyatini oʻz zimmalaridagi vaziflarini bajarmayotganlikda aybladi. U AQShning oʻzi yolgʻiz bu yukni oʻz zimmasiga olmasligini ham eslatib oʻtdi. AQSh prezidenti sifatida NATO yigʻilishiga birinchi marta ishtirok etayotgan Tramp prezidentlik vazifasini boshlamay turib uni “eskirib qolgan tashkilot” deya atagan edi.

Tramp sammitda qilgan nutqida NATOning 28 aʼzosidan 23tasi hali ham mudofaa sohasida kerakli hissa qoʻshmayotganligini bildirdi. Trampga koʻra, ittifoqchi davlatlar zimmasiga tushgan ulushni taqdim etmasligi soliq toʻlayotgan AQSh xalqiga nisbatan nohaqlikdir. Trampning bu soʻzlarini eshitgan boshqa davlatlarning rahbarlari kulib qoʻyganligi va oʻzaro pichirlashganlari kameralar tasviriga tushdi.

Shuningdek, yigʻilishda Trampning ikki talabi, yaʼni mudofaa xarajatlarini koʻpaytirish va NATOning IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga qoʻshilishi talabi oʻrtaga tashlandi.

Tramp maʼmuriyati NATOning terror (Islom) va Ishidga qarshi kurashda yana ham koʻproq rol bajarishi lozimligini talab qilmoqda. Suriya va Iroqda IShIDga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyada ishtirok etayotgan 68ta davlatning 28tasi NATOga aʼzo davlatlardir. Ular NATOdan alohida holda ishtirok etmoqda. Shunday boʻlishiga qaramay, Trampning talabi NATO tashkilot sifatida xalqaro koalitsiyada ishtirok etishidir.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ham, Vashington NATOning “IShID” va terrorizmga (Islomga) qarshi kurashga rasmiy tarzda qoʻshilishi istagida ekanligini taʼkidladi.

“NATOga aʼzo baʼzi davlatlar hozirgacha toʻliq suratda IShIDga qarshi kurashga ishtirok etishmayapti”, dedi Tilerson.

Franc-Press axborot agentligining xabar qilishicha, NATO davlatlari chorshanba kuni “IShID” va terrorizmga (Islomga) qarshi xalqaro koalitsiya ishtirok etish uchun rasman qaror qabul qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.