Rossiya Qirgʻizistonning 240 million dollar qarzidan kechdi

767
0

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirgʻizistonga kreditlar boʻyicha moliyaviy talablarni tartibga solish boʻyicha kelishuvni maʼqulladi.

Maʼlum qilinishicha, tegishli hujjat huquqiy axborot portalida joylashtirilgan.
Hujjatda “2017 yil 30 martiga koʻra, Qirgʻizistonning Rossiya oldidagi qarzi 240 mln dollarni tashkil qilishi” aytilgan.

Taʼkidlanishicha, bu summaning 100 foizi bir vaqtning oʻzida kechib yuborilishi kerak.
Qarzning hisobdan chiqarilishi Rossiyaning Qirgʻiziston rivojlanishiga yordam koʻrsatishi doirasida amalga oshirilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.