Tramp: Birgalikda qiladigan muhim ishlarimiz bor

394
0
Image processed by CodeCarvings Piczard ### FREE Community Edition ### on 2017-04-17 20:04:49Z | http://piczard.com | http://codecarvings.com

Tramp: Birgalikda qiladigan muhim ishlarimiz bor

Turkiyada referendumdan soʻng amaldagi boshqaruv, Britaniyacha parlamentlik boshqaruv tizmidan Amerikacha prezidentlik boshqaruv tizimiga oʻtadigan boʻldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻonga sim qoqib, Amerikacha boshqaruv tizimining gʻalabasi bilan yakunlangan referendum natijasi bilan tabrikladi. Bu haqida prezident matbuot markazidan chiqarilgan yozma bayonotda eʼlon qilindi.

Bayonotga koʻra, ikki rahbar oʻrtasidagi telefon suhbatda Suriyadagi soʻngi vaziyat ham muhokama qilingan hamda oʻz maqsadlariga erishish uchun terror yoʻlini tutayotgan barcha guruhlarga qarshi hamkorlik qilish zarurligi taʼkidlangan. AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya masalasida Amerikaga yordam qoʻlini choʻzganligi uchun prezident Erdugʻonga tashakkur bildirar ekan, “Suriya, Iroq va PKK (Kurt ishchilar partiyasi) masalasida hamkorlik qilamiz. Birgalikda qiladigan muhim ishlarimiz bor”, degan.

AQSh nufuzi ostida boʻlgan Ozarbayjon, Pokiston va Jibuti kabi davlatlarlar hamda Hamas, Ixvon kabi jamoatlardan ham Erdonanga qutlov maktublari keldi. Britaniyacha parlamentlik tizimining magʻlubiyatiga chiday olmagan Yevropa esa, Turkiyada Amerikacha boshqaruv tizimining gʻalabasi eʼlon qilinishi ortidan, diktatorlik tanqidlarini yogʻdira boshladi.

Yangi prezidentlik tizimida prezidentlikka nomzodlar 5 yildan ikki muddatga saylanishi mumkin. Agar majlis ikkinchi besh yillikda muddatidan avval saylov oʻtkazilishini eʼlon qilsa, prezident uchinchi marta yana oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin. Bu oʻzgarish Turkiyaning hozirgi prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻonga ham tegishlidir, yaʼni u ham ikki yoki vaziyatga koʻra uchinchi marta prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyish huquqiga ega. Avvalgi saylanganlari hisobga olinmaydi.

Prezidentga keng vakolatlar bergan konstitutsiyaviy oʻzgarishlarning uchtasi darhol kuchga kiradi. Yangi oʻzgarishlarga binoan sudyalar va prokrorlar oliy kengashi 30 kun ichida yangidan tashkil qilinadi hamda kengash aʼzolarining soni 22tadan 13taga kamaytiriladi. Harbiy sudni tugatish darhol kuchga kiradi. Prezidentning partiyaga aʼzolik huquqi ham darhol amalga oshirilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.