Atambayev Xavfsizlik kengashi kotibi Jumaqodirovni qabul qildi

460
0

Atambayev Xavfsizlik kengashi kotibi Jumaqodirovni qabul qildi

“Turmush” sayti xabariga koʻra, Almazbek Atambayev 10 aprel kuni Xavfsizlik kengashi kotibi Temir Jumaqodirovni qabul qildi.

Uchrashuvda Almazbek Atambayevga milliy xavfsizlik borasidagi vaziyat va xavfsizlikni yanada mustahkamlash boʻyicha qabul qilanayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

“Temir Jumaqodirov oʻzi ishtirok etgan ShHT mamlakatlari xavfsizlik kengashi kotiblarining 12 yigʻilishi, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik sohasida Qirgʻizistonning muhim hamkorlari boʻlgan mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar natijalari boʻyicha hisobot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, yigʻilishda terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha koʻp tomonlama va ikki tomonlama formatlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi taʼkidlab oʻtildi”,- deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida, Almazbek Atambayev milliy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha kompleks choralarni jonlantirish zarurligi, shuningdek, yangi tahdid va xatarlarga qarshi vazifalarni samarali amalga oshirish uchun asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanligini belgilab oʻtgan.

Turkiston:

2009 yili, Bakiyevlar oilaviy boshqaruv rejimi, oʻsha vaqtda xavfsizlik kengashi raisi Adaxan Madumarovning qoʻli bilan mashhur “Novqat voqeʼasi” hodisasini amalga oshirgan edi. Oʻsha hodisada 32 odam sudlanib, nohaq ayblar bilan uzoq muddatlarga qamoqqa tashlangan. Ularni ichida hatto homilador ayollar ham bor edi. Bu hodisaga munosabat bildirgan Atambayev, “odamni la ilaha illolloh degani uchun ham qamash mumkinmi!” ded bayonot bergan edi. Tarix goʻyo yana qaytarilayotgandek!

Atambayev, xavfsizlik rahbaridan Putinning koʻrsatmalari haqida soʻramoqda. Chunki Qirgʻizistondagi vaziyat ichki elita va davlat arboblari bilan maslahatlashib yecha oladigan holatda emas. Bu tarqoqlikni 7 aprel kungi bayram va taʼziya marosimida guvohi boʻldik. Lekin siyosiy vaziyat, 2008 yildagi Bakiyevlarning holatini eslatyapti. Demak yana “la ilaha illolloh” degan musulmonlar kerak boʻlib qoldi. Yoki oʻsha musulmonlar nomidan biror vahimali va vahshiy ish sodir etilishi kerak. Bishkekdagi bolalar bogʻidan yasalma granatalar topilishi, Qorakoʻldagi maktabdan qoʻporuvchi modda solingan sumka topilishi, bularning hammasi xavfsizlik qoʻmitasi bosh boʻlib uyushtirishi lozim boʻlgan biror iflos uslub uchun zamin tayorlab borishdan oʻzga narsa emas.

Eslatib oʻtamiz, Akayevga ham, Bakiyevga ham Islom va musulmonlarga qarshi bu yoʻnalishdagi harakatlari yordam bera olgan emas. Aksincha mazlum musulmonlarning koʻz yoshi bilan qilgan duolari yetib borib, Allohning laʼnati ularni hor qildi!

Islom va musulmonlar tomonidan mamlakat va fuqorolarga hech qanday vahima yoʻq. Ularga malomat toshini otishdan toʻxtanglar. Musulmonlarni nomidan odamlarni portlatib yubor, degan maslahatlardan yuz oʻgiringlar! Aks holda sizlar ham oʻtmishdoshlaringiz kabi hor boʻlasizlar!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.