Saudiya: Bu tarixiy burilish nuqtasidir

456
0

Saudiya: Bu tarixiy burilish nuqtasidir

Saudiya Arabistonining ikkinchi valiahdi Muhammad ibn Salmon Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Al-arabiyya axborot agentligining xabariga koʻra, uchrashuv chogʻida Saudiyada iqtisodiy islohotlar oʻtkazish, neftning narxlari va Yaqin Sharq inqirozi kabi muhim masalalar muhokama qilingan.

Bloomberg axborot agentligiga intervьyu bergan Valiahd shaxzodaning maslahatchisi bu uchrashuvni ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar jihatidan “tarixiy burilish nuqtasi” deya baholadi. Valiahd maslahatchisiga koʻra, ikki rahbar oʻrtasidagi muzokaralar gʻoyatda muvaffaqiyatli oʻtgan.

“Biz bugungi uchrashuvda masalalarni yangidan yoʻlga qoʻydik. Siyosiy, harbiy, xavfsizlik va iqtisodiy sohalarda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda katta oʻzgarish yasadik”, dedi maslahatchi.

Maslahatchining qayd etishicha, shahzoda Muhammad aksar aholisi musulmonlardan iborat olti mamlakat fuqarolarini AQShga kirishini taqiqlash masalasini ham muhokama qilgan. Shahzoda bu qarorni musulmon davlatlarga yoki Islomga qarshi tashlangan qadam sifatida koʻrmasligini, balki terroristlarni mamlakatga kirishdan toʻsish uchun qabul qilingan qaror sifatida baholashini bildirgan.

Maslahatchisiga koʻra, shahzoda Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti bilan uchrashanidan soʻng Trampning Islomga nisbatan ommaviy axborot vositalari tasvirlaganidek emasligiga ishonch hosil qilgan. Shaxzoda uning Islomga nisbatan ijobiy bayonotlari va iliq munosabatidan mamnun boʻlgan.

Shuningdek Ibn Salmonning maslahatchisi har ikki taraf Eronning mintaqada xavf tugʻdirayotganligi borasida bir xil fikrda ekanligini maʼlum qildi. Maslahatchining taʼkidlashicha, Saudiya shaxzodasi uchrashuvda yadroviy bitim juda xavfli ekanligiga toʻxtalgan. Obama maʼmuriyati Saudiya Arabistonining mintaqadagi raqibi hisoblangan Eron bilan yadroviy shartnoma tuzganligi bois Saudiya AQShdan biroz arazlab qolgandek boʻlgan edi. Endilikda Riyoz hukumati Eronga qarshi chiqishlari bilan koʻzga tashlanayotgan Tramga umid koʻzi bilan boqmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.