Putin: Qirgʻiziston xavfsizligini Rossiya qurolli kuchlari taʼminlamoqda

838
0

Putin: Qirgʻiziston xavfsizligini Rossiya qurolli kuchlari taʼminlamoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 fevral kuni Bishkekda Almazbek Atambayev bilan oʻtkazgan uchrashuvidan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Qant shahrida joylashgan Rossiya harbiy bazasi Qirgʻiziston xavfsizligini taʼminlab turganini maʼlum qildi.

“Rossiyaning Qirgʻizistonda qurolli kuchlarini ushlab turishdan maqsad Qirgʻizistonning xavfsizligini taʼminlash xolos. Agar bunday zarurat boʻlmasa, darhol chiqib ketishga tayyormiz”, degan Vladimir Putin.

Rossiyaning Qirgʻizistondagi harbiy bazasiga oid savolga javob berar ekan, Putin, shuningdek, bunday dedi:

“Bilmaganlarga eslatib qoʻyay, Qant shahridagi bazamiz 1999 – 2000 yillarda Qirgʻiziston rahbariyatining iltimosiga javoban ochilgan edi. Oʻshanda Qirgʻiziston Afgʻonistondan kelgan xalqaro terrorchilar hujumiga uchragan. Agar Qirgʻiziston “Biz oʻz kuchimizni yigʻib oldik”, desa, oʻsha kuniyoq chiqib ketamiz”.

Turkiston:

Rossiya Markaziy Osiyoda oʻz harbiy quvvatini saqlab qolish maqsadida Qirgʻizistonga 1,1 milliard dollarlik harbiy texnika va qurol yaroq yetkazib berishni boshlab yuborgan edi. Rossiya koʻrsatilayotgan harbiy yordamni Afgʻonistondan kelishi mumkin boʻlgan “IShID” tahdidini bartaraf qilishda qirgʻiz qurolli kuchlari imkoniyatini oshirish maqsadida koʻrsatilayotganini aytib keladi.

Ammo Qirgʻiziston armiyasi oʻz harbiy quvvatini Rossiya texnikalarini sotib olish bilan bir necha barobar quvvatlantirgan taqdirida ham, tashqi tahdidlardan oʻzini himoya qila olmaydi. Chunki Rossiya unga dunyo talabiga javob beradigan, oxirgi rusumdagi texnikalarni bermaydi. Aksincha, arzon, eski va zahirasida turib, ishlash muddati oʻtib boʻlgan texnikalarini qimmat narxlar bilan oʻtkazish orqali Qirgʻizistonni qarziga yana qoʻshimcha qarz yozib qoʻyadi. Xususan, Rossiya tomonidan yetkazib berilgan BTR-70M ham 2000 yillar boshida ishlab chiqarilgan boʻlib, hozirgi harbiy talablarga javob bera olmay qolgan texnika hisoblanadi.

Rossiya hukumatining Afgʻoniston vahimalarini boʻrttirib koʻrsatishi esa voqelikka zid boʻlib, u yerdagi islomiy quvvatlar mobodo biz tomon harakatlanishsa ham faqat Qirgʻizistondagi rus quvvatini mavjudligi sababli yoki Qirgʻizistonni Rossiyaga harbiy imkoniyatlarni keng yaratib berayotgani ortidan boʻlishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.