Tillerson Suriya qirgʻinida AQShning rolini yashirishga urindi

739
0
Rex Tillerson, chief executive officer of Exxon Mobile Corp., speaks at the 2012 CERAWEEK conference in Houston, Texas, U.S., on Friday, March 9, 2012. Exxon Mobil Corp. is moving toward the conclusion of an agreement to drill in the Russian Arctic, Tillerson said. Photographer: F. Carter Smith/Bloomberg via Getty Images

Tillerson Suriya qirgʻinida AQShning rolini yashirishga urindi

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp davrida AQSh tashqi ishlar vaziri lavozimini egallashi kutilayotgan Reks Tillerson AQSh Senati huzurida nutq soʻzlar ekan, Suriya qirgʻinida AQShning rolini yashirishga urindi.

AQSh Senati Tashqi aloqalar qoʻmitasida senatorlarning Tashqi siyosat masalalari haqidagi savollariga javob bergan Tillerson AQShning Yaqin Sharqdaga nuzufuzi zayiflashganini bildirib, Qoʻshma Shtatlar mintaqada oʻz nufuzini qayta tiklash uchun ittifoqchilari va doʻstlari bilan hamkorlikni davom ettirishi lozimligini taʼkidladi. Tillersonning soxta bayonotiga koʻra, AQSh Yaqin Sharq mintaqasidan biroz ortga chekingani bois jilovni Rossiya qoʻlga olgan, natijada Turkiya ham Rossiyaga talpina boshlagan.

“Tashlaydigan birinchi qadamimiz mintaqadagi anʼanaviy ittifoqchilarimiz va doʻstlarimiz bilan faoliyatimizni qayta tiklash boʻlmogʻi lozim. Qaytib kelganligimizni ularga bildirishimiz va bu borada rejalarmiz borligini tushuntirishimiz kerak. Hozir bu holimizda hech narsa qila olmaymiz”, “Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan hamkorlikda ish olib borish lozim. Turkiya bizning NATOdagi eski ittifoqchimizdir. U mintaqada AQShning yoʻqligidan tashvishga tushib, yuzini Rossiyaga burdi. Unga biz Rossiyaning doimiy ittifoqchi boʻlolmasligini aniq koʻrsatib berishimiz kerak. Turkiyaning ittifoqchisi Amerika Qoʻshma Shtatlaridir”, dedi Tillerson.

Bundan avval AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi John Kirbi ham Halabning yangidan barpo qilish haqida soʻz yuritar ekan, Halab qirgʻinida AQShning roli yoʻqligiga ishora qilib, shaharni qayta tiklashga hissa qoʻshmasligini bildirgan edi. Vaholangki Asad ham, Rossiya ham AQShning izni boʻlmay turib, Suriyada bir qadam bosa olmasligini va boʻlib oʻtgan barcha qirgʻinlar AQShning loyihasi boʻyicha amalga oshirilganligini biroz aqli bor kishi yaxshi biladi.

Amerika Rossiya bilan toʻla ittifoq tuzib, Suriyadagi barcha ishlarini u bilan kelishgan holda amalga oshirmoqda. Halabni vayron qilish ham AQSh rejasining bir qismidir. Rossiya esa Amerikaning qoʻlidagi bir tayoqdir, xolos. Amerika bu tayoqni Suriyadagi musulmonlarga ilmoniylikni tan oldirish va siyosiy yechimga, yaʼni shariatdan voz kechib, ilmoniylik bilan boshqariladigan utish davriga rozi qilish uchun ishga solmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.