AQSh “Rossiyani bosib turish”ga 4,3 milliard dollar ajratadi

454
0

AQSh “Rossiyani bosib turish”ga 4,3 milliard dollar ajratadi

AQSh prezidenti Barak Obama juma kuni mamlakatning 2017-moliya yili uchun harbiy byudjet qonunini imzoladi. Bayonotda taʼkidlanishicha, ushbu hujjat “birinchi navbatda mudofaa vazirligi dasturi va harbiy qurilish bilan bogʻliq loyihalar boʻyicha sarf-xarajatlarni nazarda tutadi. Shuningdek, energetika vazirligining milliy xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq loyihalarini ham oʻz ichiga qamrab oladi”.

Byudjetda 4,3 milliard dollar “Rossiyani bosib turish” uchun ajratildi. Shu bilan bir qatorda, Pentagonga Ukraina mojarosi hal etilmagunga qadar Moskva bilan hamkorlik uchun mablagʻlarni ishlatish taqiqlandi. Shuningdek, Rossiyaning Qrim ustidan boshqaruvini tan oluvchi barcha koʻrinishdagi harakatlar ham man etildi.

Qabul qilingan qonun prezidentga inson huquqlari va korruptsiya bilan bogʻliq istalgan davlat fuqarolariga nisbatan sanktsiya kiritish imkonini beradi. Qoʻshma Shtatlardagi mol-mulki ham musodara etiladi.

Bundan tashqari, hujjat Suriyadagi muxolifatga qurollar, xususan zenit-raketa majmualarini yetkazib berishni ham koʻzda tutgan. Harbiy byudjetda Ukrainaga 350 million dollar miqdorida yordam berish ham belgilandi.

Mamlakatning mudofaa sohasiga sarf-xarajatlari NATOni Sharqiy Yevropada qoʻllab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlarni oʻtkazishni maʼqullashga ham moʻljallangan.

Shuningdek, tasdiqlangan xarajatlar raketaga qarshi mudofaa global tizimini ham nazarda tutadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.