Turkiya gazetalari xalifalik haqida yoza boshladi

1223
0

Turkiya gazetalari xalifalik haqida yoza boshladi

Turkiyada chiqadigan “Milliy” gazetasi “Xalifalik shartdir” nomli maqolani nashrdan chiqardi. Yozuvchi Mehmet Shavkat Eygining qalamiga mansub maqolada Islom ummati uchun xalifalikning zarur va shart ekanligi taʼkidlanadi. Gazeta Islom olamidagi barcha falokatlar xalifalikning yoʻqligi sababli yuzaga kelayotganligi haqida yozar ekan, maqolada jumladan yana shunday satrlarni oʻqish mumkin:

“Najot topuvchi firqa sanalgan Ahli-Sunna val-jamoaga bogʻliq boʻlgan aqlli va farosatli har bir musulmon xalifalikning tarafdoridir. Rasululloh s.a.v. “Boʻynida bayʼati boʻlmagan holda oʻlgan kishi johiliyat oʻlimida oʻlibdi”, deb marhamat qildilar. Dunyodagi har bir din, aqida, toifa va jamiyatlarning rahbari bor. Islomiy Ummatning rahbari esa Xalifa, Imom, Amirul-moʻʼminin unvoniga ega boʻlgan shaxsdir. Siz kapitani yoʻq kemani tasavvur qila olasizmi? Uchuvchisiz samolyot…? Mudirsiz zavod…? Ari qutilarida ham “ona ari” bor. Chumolilarning ham malikasi bor. Poda shaklida yashovchi hayvonlarning ham yetakchisi bor.

Islom ummatining soʻnggi Xalifasi Abdulmajid bin Abdulaziz 1924 yilda horijga badargʻa qilindi. Xalifalikning bekor qilinishi va Xalifaning xaydalishini tanqid qilgan Trabzonlik deputatlik Ali Shukribey shahid qilindi. 1924 yildan buyon Islom ummati Xalifasiz qolmoqda. Barcha musulmonlar bitta Ummat boʻlishlari va bu ummatning boshida bayʼat etib, itoat qilinadigan roshid, adolatli, solih, taqvoli, layoqatli Xalifasi boʻlishi naqlan ham, aqlan ham vojibdir.

AQSh, Yevropa Ittifoqi, Isroil, Rossiya, Xitoy, Hindiston davlatlari Islom Ummatining birlashishini va bitta Xalifasi boʻlishini istamaydi. Ularning istamasligi va qarshiliklari musulmonlar uchun bahona boʻlolmaydi. Aqli-hushi joyida boʻlgan har bir musulmon xalifalikni tiklash uchun harakat qilishi shartdir. Musulmonlarning boshiga kelayotgan balolar va musibatlar Ummatning birligi va Xalifasi yoʻqligi sabablidir.

Din ishlari boʻyicha vazirlik bor, demak xalifalikka ehtiyoj yoʻq, deyish umuman xatodir. Bu vazirlik xalifalikning, vazir esa Xalifaning oʻrnini aslo bosa olmaydi. Din ishlari boʻyicha vazirlik mustaqil tashkilot ham emas, u ilmoniy kamolist rejimga qaram va uning qoʻl ostidagi tashkilotdir. Din esa ilmoniylikka ziddir.

Xalifalik va Xalifani inkor qilish kufrga olib boradigan koʻprikdir. Roshid Xalifa faqatgina musulmonlarning musibatlardan qutilishi, yuksalishiga emas, balki butun insoniyatning najot topishiga sabab boʻladi. Xalifasiz bir yarim milliardlik Islom olami toʻqqiz millionlik Isroilga qarshi chiqa olmayapti.

Xalifalik va Xalifa shartdir, zarurdir, vojibdir.

(Milliyat gazetasidan qisqartirib olindi).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.