Halab va Suriyada hozirda yuz berayotgan ishlarning asl haqiqati nima?

459
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Halab va Suriyada hozirda yuz berayotgan ishlarning asl haqiqati nima?

Savol: Turkiya Suriya masalasida Amerika yechimini qabul qildirish maqsadida muzokaralarni qaytadan boshlash uchun Rossiya bilan bogʻlanishlarini jadal avj oldirdi. Bi-Bi-Si 2016 yil 2 dekabrda quyidagilarni bildirdi: “Mavlud Chovushoʻgʻlining aytishicha Turkiya Suriya krizisi yechimiga erishish uchun Rossiya bilan maslahatlashmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan esa Suriya mavzusini oʻtgan haftada oʻzining rus hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali eng kamida uch marta muhokama qildi. Chovushoʻgʻli ham xuddi shu mavzuni muhokama qilish uchun rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi”. Shunga qaramay Rossiya Halabga qarshi vahshiyona hujumlarini jadal davom ettirmoqda. Rossiya hatto Xavfsizlik Kengashining 2016 yil 5 dekabrdagi qonun loyihasiga qarshi veto huquqidan ham foydalandi. Ana shu qonun loyihasida Halabda harbiy harakatlarni bir necha kun toʻxtatib turish koʻrsatilgan edi. Shunday ekan Turkiyani – Rossiyaning vahshiyligiga qaramay – Rossiya bilan bu soʻzlashuvlarni olib borishga nima undamoqda? Hozirda Halab va Suriyada kechayotgan ishlarning asl haqiqati nimadan iborat? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: javob tiniq boʻlishi uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz:

Avvalo: ikki oydan oshiq vaqtdan buyon Amerika oʻzining Rossiya bilan munosabatlari goʻyo chigallashgandek qilib koʻrsatib keldi. Bunga Rossiyaning Halabga qarshi qilgan shiddatli vahshiyona havo hujumlari ortidan Yevropaning Rossiyaga yoʻllagan qattiq tanqidlari sabab boʻldi. Suriya ichkarisining Amerika rolini shiddatli rad etishi ham bunga sabab boʻldi. Jang qilayotgan bir necha guruhlarning Turkiyaning “Furot Qalqoni” amaliyotida ishtirok etishdan – unda Amerikaning maxsus kuchlari borligi sababli – bosh tortishi bilan bu shiddatli rad etish choʻqqisiga yetdi. Shundan keyin Amerika suriyaliklarni va qoʻzgʻolonchilarni tiz choʻktirish uchun yanada vahshiyroq harbiy hujum zarur, bu hujum muzokaralarga qayta oʻtirishdan oldin boʻlishi kerak, bu hujum baʼzi muvaffaqiyatlarni keltirishi mumkin, degan fikrga keldi. Ana shu paytdan boshlab Amerika quyidagi bir necha yoʻnalish boʻylab oʻzining butun makru hiylasini ishga sola boshladi:

Rossiyani yanada vahshiyona qirgʻin qiluvchi harbiy qismlarni tezroq yuborishga undash. Shuning uchun ruslarning yagona avianosets kemasi “kuznetsov” jangovor samolyotlar, xususan raketa otuvchi kreyserlari bilan 2016 yil 1 noyabrda Suriya sohillariga yetib keldi va darhol Suriyadagi nishonlar ustida, ayniqsa Halab ustida razvedka parvozlari boshlandi. Bunga qoʻshimcha ravishda Rossiyaning Suriyada, xususan Hamimim aerodromida ham samolyotlari va harbiy texnikalari bor edi.
Eron kuchlari va uning toʻdalaridan iborat qoʻshimcha kuchlarni jalb qilish, xususan Halab mintaqasiga jalb qilish.
Suriyadagi boshqa frontlarning koʻpchiligini “sovutish”, buni Saudiya, Turkiya va boshqalar orqali amalga oshirish va bu davlatlarning Suriyada jang qilayotgan guruhlarga boʻlgan – dollar bilan sotib olishdan iborat – taʼsiridan foydalanish. Natijada sulh tuzishlar va qoʻzgʻolonchilar va ularning oilalari tushgan buslarning Idlibga kelishi manzaralari butunlay qulashdan darak beradigan shaklda avj oldi. Bularning barchasidan maqsad rejimga yoʻlni butunlay boʻshatib qoʻyib, uning sovugan frontlardan Halabga oʻzining madad kuchlarini yuborishiga imkon yaratib berish edi. Bularning barchasiga qoʻshimcha oʻlaroq ana shu davlatlar Halab ichkarisining oʻzida ham fitna olovini yoqishga harakat qildi. Natijada qamaldagi qoʻzgʻolonchilar oʻrtasida oʻzaro toʻqnashuvlar boʻldi. Allohga hamdlar boʻlsinki bu toʻqnashuvlarga chek qoʻyildi.
Bularga qoʻshimcha ravishda Erdogan “Furot Qalqoni” amaliyotini va Turkiyaga malay jangchi guruhlardan yanada koʻprogʻini Jarablusdan keyin Bob jangiga jalb qilishga urinishini davom ettirdi. Bularning barchasidan maqsad Halabdagi haqiqiy frontni zaiflashtirish edi. Bu shaharga qarshi qilingan boʻgʻib tashlovchi qamalni yorib tashlab bu shaharga yordam berishda shu frontga tayanilayotgan edi… “Jang maydonlaridan kelayotgan hisobotlarda aytilishicha Suriya qurolli oppozitsiyasi Halab sharqida oʻz qoʻli ostida boʻlgan yerlardan uchdan birini boy bergan. Bu boy berish oppozitsiyaning katta sondagi jangchilarining Halabdagi jang frontlaridan chiqib ketishi sababli yuzaga keldi. Bunday katta sondagi jangchilar turk kuchlariga – bu kuchlarning IShIDga qarshi va kurd jamoatlariga qarshi “Furot Qalqoni” amaliyoti doirasidagi janglarida yordam koʻrsatish uchun – Halabdagi jang frontlarini tashlab ketdi. Suriya inson huquqlari monitoringi direktori Romiy Abdurrahmon “Skay Nьyus Arabiya”ga bergan dushanba kuni bergan intervьyusida quyidagilarni aytdi: “Turkiyaning “Furot Qalqoni” amaliyoti doirasida IShIDga qarshi jang qilayotgan kuchlarga kelib qoʻshilish toʻgʻrisidagi boʻyrugʻi Ozod armiyadagi turklarga xayrixoh jangchilarga yetib keldi”. Ana shu amaliyotni Anqara bir oy oldin IShIDga va kurdlarga qarshi boshlagan edi. Chunki Anqara kurdlarning chegara mintaqalarida oʻz nazoratlarini oʻrnatishidan qoʻrqmoqda. Abdurrahmon izoh berar ekan turklarning aralashuvi til biriktiruv va oppozitsiyaning magʻlub boʻlishining bir muhim sababidir, dedi. Chunki – dedi u – Turkiyaning Ozod armiyadagi oʻziga tobe otryadlarni oʻzi olib borayotgan jangda ishga solishi Suriya armiyasiga va uning ittifoqchilariga qarshi turishi kutilayotgan frontlarning oppozitsiya jangchilaridan boʻshab qolishiga olib keldi”. (Skay Nьyus Arabiya 2016 yil 28 noyabr).
Ikkinchi: shunday qilib ozod etilgan rayonlardan koʻpgina qoʻzgʻolonchilarni olib chiqib ketish sababli Halabdagi qoʻzgʻolonchilarga haqiqiy va katta ogʻirlik tushdi. Bu qoʻzgʻolonchilar yanada toraygan maydonda qamalda qoldilar. Vahshiyona bombardimon va qolgan rayonlarni bosib olish tahdidi davom etdi. Shunda Amerika – oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilayotgan xalqaro chaqiriqlar munosabati bilan – Suriya boʻyicha yechimga oid siyosiy yoʻnalishni jonlantirish uchun qulay boʻlishi mumkin boʻlgan fursatni topdi. Kechiktirmay shoshilinch chora koʻrishni talab qilayotgan yangi vaziyat sharoitida Amerika shunday fursatni topdi. Bunga quyidagi faktlar dalolat qilib turibdi:

Amerika Halab sharqidagi muhim rayonlarni qoʻzgʻolonchi jangchilardan mahrum qilish Suriya qoʻzgʻolonining nihoyasi emasligini yaxshi tushunadi. Chunki Suriyaning turli mintaqalaridagi qoʻzgʻolonchilarni butunlay yoʻq qilish bir iloji yoʻq xom xayoldir. Zero Amerika Suriyada kechgan uzun qoʻzgʻolon yillari Amerikaga xatar soladigan Islomiy muhitni vujudga keltirganini yaxshi biladi. Shuning uchun Amerika mana shu muhitni yoʻq qilishga shoshilmoqda. Siyosat va uning kuluarlari (koridorlari) esa bu muhitni yoʻq qilishda harbiy quroldan koʻra kuchliroq taʼsirga ega. Chunki harbiy qurol bu muhitni yanada alanga oldiradi. Shuning uchun ham Amerika yanada koʻp qirgʻin qilish va yanada koʻp vayron qilishning Suriya xalqini boʻyin egdirishga olib borishidan allaqachon umidini uzib, oʻzining rejalari boʻyicha siyosiy yechimga erishish uchun bir necha yillardan buyon payt poylab kelmoqda.
Hozirgi Obama maʼmuriyati Oq uyni 2017 yil 20 yanvarda tark etadi. Bu maʼmuriyat Oq uyni shu maʼmuriyat hisobiga yoziladigan bir muvaffaqiyat bilan tark etishni hamon orzu qilmoqda. Shuning uchun ham Suriya armiyasi Halab rayonlariga kirganidan keyin Rossiya Amerika tashqi ishlar vaziri Kerrining Halab boʻyicha bir bitimga erishish uchun zoʻr berib qizgʻin harakat qilayotganini bildirdi. Rusiyal Yavm 2016 yil 28 noyabrda quyidagilarni bildirdi: “Rus prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 28 noyabrda: “Agar Kerrining harakatlari haqida soʻrayotgan boʻlsangiz uning harakatlari judi qizgʻin” dedi. U soʻzini toʻgʻrilab: “Bu harakatlarni favqulodda harakatlar deb atashimiz mumkin, Amerika va rus tashqi ishlar vazirlarining oʻzaro telefon orqali misli koʻrilmagan tigʻiz bogʻlanishlarini eʼtiborga olinsa ular favqulodda harakatlardir. Chunki butun eʼtibor eng avvalo bitta mavzuga, Suriyaga qaratilmoqda” dedi”.
Amerikaning oʻz oʻrniga Turkiyani vakil qilishi va uni bir koʻzga koʻringan siyosiy rolni bajarishga tayyorlashi. Shu darajadaki goʻyo Kerri-Lavrov ikkiligi oʻrnini Rossiya-Turkiya ikkiligi egallagandek boʻlib koʻrinadigan boʻlib qoldi. Turkiyaning oxirgi paytlarda Sharqiy Halab rayonlaridan jangchi qoʻzgʻolonchilarni chaqirib olishiga oid bogʻlanishlarini shu narsa izohlab turibdi. Turk rasmiylarining oʻz rus hamkasblari bilan tobora koʻproq qizgʻin uchrashuvlari hamda turk rasmiylarining Livan va Eronga qilayotgan safarlarini ham shu narsa izohlab turibdi. Turk rasmiylarining ana shu safarlari va uchrashuvlari quyidagi tarzda qizgʻin tus oldi va eʼtiborni tortadigan boʻldi:
a) “Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2016 yil 26 noyabr shanba kuni Tehronda turk tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli bilan Suriya krizisini va boshqa regional masalalarni hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi ikki yoqlama aloqalarni muhokama qildi. Eron Islom respublikasining “Irna” axborot agentligiga koʻra turk tashqi ishlar vaziri Tehronda oʻzining eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan birgalikda oʻzaro maslahatlashuvlarni davom ettiradi…”. (Al-Jazira net, 2016 yil 26 noyabr).

b) Oʻz navbatida Onadoʻli agentligi quyidagilarni bildirdi: “Turkiya tashqi ishlar vaziri Chovushoʻgʻli oʻt ochishni darhol toʻxtatib Halabga insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish zarurligini hamda bu mamlakatdagi nizoni siyosiy yechimini topishda kuch-gʻayrat sarflash zarurligini Riyoz Hijob bilan birgalikda muhokama qildi.” (Al-Jazira Net, 2016 yil 30 noyabr).

v) Lavrovning 2016 yil 30 noyabrda Turkiyaga kelishi: “Rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya boʻyicha harbiy, diplomatik va siyosiy darajadagi rus-turk kelishuvlarining kuchga kirganini bildirdi…”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 1 dekabr). Lavrov qoʻshimcha qilib: “Rossiya va Turkiya Suriya krizisiga oid yechimni mumkin qadar tezroq topishga erishish uchun oʻzaro muhokamalarni davom ettiradi” dedi”. (Al-Jazira Net, 2016 yil 1 dekabr).

g) Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan “Suriya mavzusini oʻzining rus hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali oʻtgan haftada eng kamida 3 marta muhokama qildi…”. (Bi-Bi-Si, 2016 yil 2 dekabr).

d) “Turk tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli Turkiyaning Alanya shahrida oʻzining rus hamkasbi Sergey Lavrov bilan birgalikda oʻtkazgan matbuot konferentsiyasida “Biz bu fojiaga barham berish uchun oʻt ochishni toʻxtatish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro kelishib oldik” dedi.” (Bi-Bi-Si Arabiy, 2016 yil 1 dekabr). U quyidagilarni ham aytdi: “Turkiya Suriya krizisi boʻyicha bir yechimga erishish uchun Asad ittifoqchilari Rossiya, Eron bilan hamda Suriya va Livan bilan maslahatlashuvlar olib boradi”. (Bi-Bi-Si, 2016 yil 2 dekabr).

ye) Sputnik 1 dekabr payshanba kuni oppozitsion koalitsiya aʼzosi Samir Nashshozni quyidagi soʻzlarini keltirdi: “Turkiya harakati bilan uch kun davomida qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Ular qattiq sir tutildi. Yigʻilgan guruh-otryadlar Turkiya oʻz nufuzini qaysidir darajada oʻtkaza oladigan guruhlardir. Lekin bu uchrashuvlardan hech qanday sezilarli natijalar chiqmadi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 1 dekabr).

“Faynenshel Tayms” gazetasi esa 1 dekabr payshanba kuni bunday deb yozdi: Suriya oppozitsiyasining bir necha yetakchilari “rus rasmiylari bilan Halab shahrida davom etayotgan janglarni toʻxtatish boʻyicha maxfiy soʻzlashuvlar olib bormoqda, bu soʻzlashuvlar Turkiya homiyligida oʻtkazilmoqda”. Gazeta quyidagilarni qoʻshimcha qildi: “Suriya shimolidagi oppozitsiya aʼzolaridan toʻrttasi gazetaga Turkiya poytaxt Anqarada rus masʼullari bilan oʻtkazilayotgan soʻzlashuvlarga homiylik qilayotganini bildirishdi”. (Bi-Bi-Si Arabiy, 2016 yil 1 dekabr)… “Halab boʻyicha sulhga erishish uchun rus masʼullari bilan olib borilayotgan muzokaralarga “Ahrorush Shom” Islomiy harakati “Islomiy front” nomidan boshchilik qilmoqda. Bu sulh boʻyicha “Jabhatu Fathish Shom” jangchilari Kastilьo yoʻli orqali olib chiqib ketiladi va yaradorlar bilan bemorlarni sharqiy rayonlardan koʻchirish uchun yoʻllar ochib qoʻyiladi. Bu ishlar BMTga tobe guruh nazorati ostida amalga oshiriladi. “Mudun” manbalari “Fathush Shom”ning Halabni tashlab chiqishi Turkiya rejasi orqali amalga oshishini koʻrsatib oʻtmoqda. Bu reja boʻyicha Anqara qamaldagi rayonlarga keyinroq yordamlarni yetkazib berish masalasini oʻz zimmasiga oladi”. (Mudun, 2016 yil 3 dekabr).

yo) Amerika Turkiyaning ana shu harakatlaridan rozi ekanligiga kelsak, bu rozilik Amerika tashqi ishlar vazirligining bu muzokaralarni olqishlashida yaqqol koʻrindi. “… Vazirlik rasmiy vakili Mark Toner 1 dekabr payshanba kuni oʻtkazilgan matbuot brifingida: “Biz Rossiya suriyalik qoʻzgʻolonchilar bilan muzokara olib borayotgani haqidagi hisobotlarni koʻrib chiqdik” dedi. U qoʻshimcha qilib: “Bizning bunga bildiradigan munosabatimizga kelsak, biz Suriya xalqining, ayniqsa Halabdagi xalqning aziyatlarini yengillatish maqsadini koʻzlaydigan har qanday saʼy-harakatni olqishlashga tayyormiz” dedi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 1 dekabr). Demak Amerika – ayniqsa u muzokaralar va yechimning borishi boʻyicha Rossiya bilan kelishib olgan ekan – boʻlayotgan narsalar ortida turibdi. Chunki “rus tashqi ishlar vaziri 3 dekabr shanba kuni oʻzining amerikalik hamkasbi unga Halab boʻyicha yechim xususidagi qator takliflarni topshirganini, bu takliflar “Rossiya mustahkam turgan pozitsiyalarga mos kelishini” maʼlum qildi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 3 dekabr)… “Lavrov matbuot konferentsiyasida Rossiya va Qoʻshma Shtatlar jangchi guruhlarni olib chiqib ketish boʻyicha Jenevada ertaga oqshomda yoki chorshanba ertalab soʻzlashuvlarni boshlaydi, dedi. U izoh berib Amerika tashqi ishlar vaziri “olib chiqib ketish yoʻllari va vaqti haqida oʻz takliflarini yuborganini” aytdi”. (Dorul Hayot, 2016 yil 5 dekabr). “U rus tomoni 5 dekabr dushanba kunidan eʼtiboran maslahatlashuvlarni boshlashga tayyor boʻlganini, lekin Vashington ekspertlar uchrashuvini bir oz kechiktirishni talab qilganini, shuning uchun ana shu maslahatlashuvlar seshanba oqshomida yoki chorshanba ertalab boshlanishi kutilayotganini taʼkidladi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 5 dekabr). Shularga koʻra demak Turkiyaning zoʻr berib qilgan oxirgi xatti-harakatlari Turkiyaning bu harakatlar ortida yolgʻiz oʻzi turishidan koʻra ahamiyati kattaroqdir. Turkiyani bunga qadamma-qadam zoʻr berib undayotgan Amerika ekanligi aniqdir… Rossiya bilan olib borilayotgan ana shu muzokaralarni idora qilayotgan Amerikadir. Bu muzokaralar Amerika Rossiyaga topshirgan takliflarga muvofiq ravishda oʻtkazilmoqda. Bularning barchasi Obama maʼmuriyati kunlarni loaqal birgina Halab boʻyicha boʻlsa ham – bu maʼmuriyat umridan qolgan ozgina haftalar ichida – biron yutuqqa erishish ilinjida oʻtkazayotgan bir vaqtda yuz bermoqda.

Uchinchi: endi Amerikaning jang qilayotgan guruhlarni muzokaralar stoli tevaragida oʻtirgizib Suriya boʻyicha siyosiy protsessni qayta jonlantirishga muvaffaq boʻlishi imkonlari haqida aytadigan boʻlsak, bu haqda quyidagi faktlar hukm chiqaradi:

Suriya ichkarisida tinchlik yechimlarini rad etish tobora kuchayib bormoqda. Chunki suriyaliklar oʻzlariga qarshi arab davlatlari va Turkiya Amerika va Rossiya bilan til biriktirganiga aniq ishonch hosil qildilar. Bu davlatlarning Suriya qoʻzgʻoloniga qarshi turgani shak-shubhaga oʻrin qoldirmaydigan tarzda aniq boʻlib qoldi… Shuning uchun Suriya ichkarisi guruh-otryadlarga bosim oʻtkazib, ulardan oʻz yoʻnalishlarini toʻgʻrilab olishni talab qilmoqda. Maʼlumki bu yoʻnalishning koʻpchiligi xorijiy davlatlarga malaylik sababli bulgʻanib ifloslangan va iflos moliyaviy yordam bilan taʼsirlanib qolgan edi. Bu ifloslanish va taʼsirlanish sulh tuzishlarda, sulh kelishuvlarida, frontlarni sovutishda, qizil chiziqlarga va “MOK va MOM” koordinatsiyalash markazlari koʻrsatmalariga qattiq amal qilishda yaqqol koʻzga tashlandi. Suriya ichkarisidagi guruhlarga bosim oʻtkazgan bu xalq “boʻroni” rejim va uning ittifoqchilarining Sharqiy Halabga qilgan oxirgi hujumidan oldin boʻlgan edi. Hozir esa bu boʻron yanada kuchayib, sulh tuzayotgan guruhlarni xoin deb atamoqda va ularning qoʻmondonlarini yoʻldan chiqarib tashlashni talab qilmoqda. Quturib qilinayotgan mana bu harbiy hujumlar qarshisida Halab ichkarisidagi guruhlar shoshilinch ravishda oʻzini tarqatib yuborib, bitta Halab armiyasini taʼsis etdi. Ular bitta kuch boʻlishga qaror qildilar. U bir yaxshi qadamdir. Shoyad bu qadam bostirib kelayotgan xatar qarshisida xorijiy davlatlarga malay boʻlishlardan xalos boʻlish sari yetaklasa ajabmas. “Suriya oppozitsion koalitsiyasi aʼzosi Samir Nashshoz guruhlarning Rossiya bilan Turkiyada olib borgan muzokaralarida natijasiz tugaganiga sabab qilib asosiy qaror Halab shahrida qamalda qolgan qurolli guruhlarniki ekanligini koʻrsatdi. U bunday dedi: “Bu uchrashuvlarda hech qanday sezilarli natijalarga erishilmadi. Chunki Halab shahrida qamalda qolganlar oʻzlarining shahar tashqarisidagi qoʻmondonlaridan mustaqil ravishda qaror qabul qiladigan boʻldilar. Binobarin oʻta mustaqil qaror shu shahar ichkarisida qamalda qolganlarniki boʻlib qoldi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 1 dekabr). Halab ichkarisidagi ana shu qurolli guruhlar shahar tashqarisida olib borilayotgan xiyonatkorona muzokaralarga va taslim boʻlishga majbur qilish haqidagi vahshiyona tahdidlarga parvo qilmadi “Suriya oppozitsiyasidagi bir masʼulning aytishicha oppozitsiya jangchilari qoʻmondonlari Sharqiy Halabni hukumat kuchlariga aslo topshirishmaydi. U buni – Reyter agentligi shanba kuni keltirgan maʼlumotga koʻra – Rossiya oppozitsiyaning barcha jangchilarini bu mintaqadan olib chiqib ketish toʻgʻrisida Qoʻshma Shtatlar bilan soʻzlashuvlar olib borishga oʻzining tayyor ekanini aytganidan keyin bildirdi…”. (Hurra, 2016 yil 3 dekabr).
Shunday qilib demak uygʻonib, qoʻzgʻolon duri-injusi boʻlmish Halabning bostirib kelayotgan xatar ostida qolganini koʻrgan xalq oʻzini taslim boʻlish sari va siyosiy yechimlarga rozi boʻlish sari oʻzini otmadi. Aksincha arab davlatlariga va Turkiyaga malay boʻlib qolgan guruhlar yoʻnalishini toʻgʻrilab oʻnglash uchun yanada katta kuch bilan oldinga otiladigan boʻldi. Bu xalq moliyaviy yordam qoʻzgʻolonni davom ettirishga monelik qiladigan ulkan sirtmoqqa aylangan ana shu guruhlar yoʻnalishini toʻgʻrilash uchun zoʻr kuch bilan oldinga otiladigan boʻldi… Shunday qilib pok nopokdan ajraldi… Chunki nopok Turkiya, Saudiya va boshqa davlatlardagi xoʻjayinlariga boʻyin egib, Amerikaga, uning ittifoqchilari va toʻdalariga xorlarcha taslim boʻlinadigan siyosiy amaliyot sari yelib-yugurib qoʻzgʻolonga qarshi til biriktirganlar bilan bitta xandaqqa tushib qolgan boʻlsa, Pok oʻz azmu qaroriga sodiq qoldi va Alloh Subhanahudan boshqaga boʻyin egmadi. Bu pok muslim Amerika toʻplab birlashtirgan Eron, Rossiya, Turkiya va arab davlatlaridan iborat makru hiyla toʻdasini Alloh izni ila chang-toʻzondek sochib tashlaydi.
Bu vahshiyona hujum va Halabdagi qarshilik harakatining afsonaviy qoyadek mustahkam turishi, bularning barchasi faqat mahalliy nopoknigina fosh qilib tashlamay, balki barcha nopokni, xususan regiondagi, Eron, Saudiya va Turkiyadagi nopoklarni ham fosh qilib tashladi. Masalan Eron vahshiyona qirgʻin qilish amaliyotlari bilan oʻz hissasini qoʻshmoqda. Bu qirgʻin amaliyotlaridan faqat ruslar Amerika rejalari boʻyicha amalga oshirayotgan qirgʻinlargina ustun turadi, xolos. Saudiya esa iflos pullar bilan hissa qoʻshmoqda. Saudiya bu pullar bilan baʼzi guruhlarni – bu guruhlar xiyonatkorona muzokaralarda ishtirok etishi uchun – oziqlantirmoqda. Turkiya esa Amerika rejalarini amalga oshirish uchun aldab adashtirishni oʻziga qurol qilib oldi. Chunki Turkiya Halabni hech qachon yordamsiz tashlab qoʻymasligi haqida baqir-chaqir qilib jar solgan edi. Holbuki Halabni barchaning koʻz oʻngida yordamsiz tashlab qoʻydi. Bugina emas, balki hatto oʻzining Halab mintaqasida dafn qilingan davlat arbobini ham himoya qilmadi va uni u yerdan uzoq mintaqaga koʻchirdi! Shundan keyin Turkiya ikkinchi Hamaga aslo yoʻl qoʻymasligini aytib baqir-chaqir qildi. Holbuki ikkinchi va uchinchi Hama ham roʻy berdi, lekin Turkiya harakatga kelmay jim turaverdi! Bunday pozitsiyadan xijolatga tushgach yaqinda Turkiya yana baqir-chaqir qilib jar solishga urinib koʻrdi. Chunki Erdogan “Furot Qalqoni”dan maqsad “Asadni ketkazishdir” deb jar soldi “Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan 29 noyabrda Istanbulda Quddusga bagʻishlangan yigʻinda soʻzlagan nutqida “… Biz Suriyaga Ozod Suriya armiyasi bilan birga kirdik” dedi. Erdogan soʻzini toʻgʻrilab: “Biz nima uchun kirdik? Suriyaliklarni terror davlati bilan terror qilayotgan togʻut Asad boshqaruviga chek qoʻyish uchun kirdik. Kirishimizga boshqa hech qanday sabab boʻlgani yoʻq” dedi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 29 noyabr). Lekin u hali oʻzining ana shu baqir-chaqirigʻi sadosi oʻchmasidan turib Halabni ertayu kech bombardimon qilayotgan Rossiyani rozi qilish uchun soʻzidan qaytdi! Chunki “jumhuriyat prezidenti Erdogan prezidentlik kulliyasida oʻtkazilgan qishloq oqsoqollarining oʻttizinchi yigʻinida nutq soʻzlab Suriyada turk qurolli kuchlari boshchiligida davom etayotgan “Furot Qalqoni” amaliyoti biron shaxsning yoki mamlakatning aynan oʻzini nishonga olmasligini aytdi. “24 avgustdan beri davom etayotgan bu amaliyot – dedi u – terrorchi tashkilotlarni nishonga oladi”. (TRT Arabiyya, 2016 yil 1 dekabr). Rossiya Erdoganning Asadning ketishi haqidagi soʻzlari maʼnosiz soʻzlar ekanligini yaxshi biladi. Chunki rus tashqi ishlar vaziri 1 dekabr payshanba kuni bu soʻzlarni sharhlab quyidagilarni aytdi: “Moskva amaliy sohada ikkala mamlakat prezidentlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarga asoslanadi. Bu kelishuvlar esa amalga oshirilmoqda. Moskva koʻpincha berilayotgan bir tomonlama bayonotlarga asoslanmaydi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 1 dekabr)… 2016 yil 7 dekabrda esa Moskvaga kelgan Yildirim ruslarning Interfaks agentligi bilan boʻlgan muloqotda “Furot Qalqoni” amaliyotining “Halab shahri markazida boʻlayotgan hodisalarga hech bir aloqasi yoʻq, uning Suriyadagi rejimni oʻzgartirish amaliyotiga ham hech bir aloqasi yoʻq” deb ochiq aytdi. (Xalij onlayn, 2016 yil 7 dekabr).

Toʻrtinchi: shunday qilib demak Amerika Rossiya bilan uning vahshiyona hujumlari borasida toʻliq kelishib ish yuritmoqda. “Furot Qalqoni” amaliyoti ortida ham Amerika turibdi. Bu amaliyotdan maqsad guruhlarni Halab frontidan olib chiqib ketib ularni “Furot Qalqoni” amaliyotlariga oʻtkazish va shu tariqa Halab frontini zaiflatishdir… Oʻziga malay boʻlgan shubhali guruhlarning Rossiya bilan muzokaralar olib borishiga ham Amerika homiylik qilmoqda. Eron va tobelarni toʻplash ortida ham Amerika turibdi. Kuchli qurol-aslahalarni oppozitsiyaga berishga toʻsiq qoʻyish ortida ham Amerika turibdi. Buni axborot vositalari 2016 yil 7 dekabrda tarqatgan, Amerika senati “saylangan prezident Donalьd Tramp maʼmuriyatining Suriyadagi oppozitsiya guruhlariga samolyotlarga qarshi yer-havo raketalarini yuborishiga ruxsat beradigan qonun loyihasini maʼqulladi” degan xabar aslo oʻzgartirmaydi… Chunki “Vashington Post” gazetasi “Bu qaror loyihasi ana shu qurol-aslahalarni yetkazib berishga joriy qilingan baʼzi cheklovlarni oʻz ichiga oladi” degan xabarni tarqatdi. Bu qaror boy berilgan vaqtda, Halab butunlay vayron boʻlishga yaqin qolgan paytda yuzaga keldi. Uning amalga oshishi ham shak-shubha ostida. Amalga oshgan taqdirda ham qurolsizlantirilgan qurol boʻladi! Chunki bu qurol faqat Islom va musulmonlarning dushmanining ruxsati bilangina ishga solinadi. Axir tikandan uzum hosilini olishni umid qilib boʻladimi?! Qolaversa bu qonun loyihasini hozircha uni amalga oshirmaslik sharti bilan maqullashdi. Aksincha u Tramp davrida bajarilishi kerak. Tramp esa hali oʻzining davri boshlanmay turib oppozitsiyaga qurol-aslaha berishni man qilishini eʼlon qildi! Albatta bu aldab adashtirish ustiga yana bir aldab adashtirishdir, albatta u yana bir ulkan boʻhtondir…

Bularning barchasiga qaramay Halab qanchalik vayron qilinmasin oyoqqa yana albatta turadi va butun Shom zamini, xususan Halab Amerika, Rossiya, tobelar va toʻdalar boʻgʻziga sanchilgan zaharli xanjar boʻlib qolaveradi, bu dushmanlarning tinchini buzaveradi, ularning jinoyatlari bilan ularning oʻzini oʻldiraveradi, bu dushmanlar oʻzlari daʼvo qilishayotgan “gʻalaba” bilan aslo quvonisholmaydi. Chunki ular shaharga faqat uni vayron qilishganidan keyingina kira olishdi. Shuning uchun u yolgʻon gʻalabadir… Bu dushmanlar biron jangchini yenga olishmadi, unga faqat shahid boʻlganidan keyingina yeta olishdi. Bu esa magʻlubning gʻalabasidir… Bu dushmanlar yuzlab kishilar yoki bir necha ming kishiga qarshi vayron qiluvchi raketalarni, portlovchi bochkalarni va muntazam armiyalarni toʻplashdi. Shunga qaramay bu oʻgʻlonlarga yuzma-yuz kela olishmadi, faqat havodan bombalarni tashlashdi va harbiy kemalardan raketalarni otishdi, xolos. Demak bu erkaklarning erkaklariga qarshi turishdan qoʻrqib oʻtakasi yorilgan qoʻrqoqlarning “gʻalabasi”dir. Bunday “gʻalaba” esa albatta zavolga mahkumdir…

Amerika, Rossiya, ularning ittifoqchilari, toʻdalari va tobelari oʻzlarining vahshiyona jinoyatlari bilan oʻtmishdagi “birodar”lari salibchilar va moʻgʻul-tatarlarning Iroq va Shom oʻlkasida qilgan jinoyatlarini takrorlamoqchi boʻlishyapti. Lekin bu dushmanlar ana shu bosqinchilar qismatidan ibrat olishmadi. Chunki ana shu bosqinchilarni musulmonlar oʻz yurtlaridan sugʻurib, uloqtirib tashlab yana oyoqqa turganlar. Islom va musulmonlar azizligi qayta tiklangan, ularning Xalifaligi kuchaygan. Natijada musulmonlar Irakli shahrini fath qildilar va u Islom shahariga (hozirgi Istanbul)ga aylandi. Musulmonlar Moskvaga yaqin bordilar va Vena darvozalarini qoqdilar. Zero kunlar almashib turadi. Ertangi kun esa uni kutayotgan uchun yaqindir.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ

“Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar”

[Shuaro 227]

8 robiul-avval 1438h

7 dekabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.