Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 14 dekabr kuni oʻtadi

795
0

Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 14 dekabr kuni oʻtadi

Oʻzbekistonning 4 dekabr kuni saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 14 dekabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Uzdaily.Uz xabar berishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Mirziyoyev tantanali ravishda qasamyod keltiradi va Markaziy saylov komissiyasi raisining qoʻlidan tegishli guvohnomani oladi.

Shu kunning oʻzida yangi bosh vazir nomzodi tasdiqlanadi. Bu lavozimga Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalri kompleksi rahbari, bosh vazir oʻrinbosari Abdulla Aripov nomzodi koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 4 dekabrь kuni oʻtgan muddatidan oldin oʻtkazilgan prezident saylovlarida saylovchilarning 88,61% ovozini olib gʻalaba qozongan. Shu bugun, 13 dekabrda Mirziyoyev bosh vazir lavozimidan boʻshatildi va Oʻzbekiston hukumati isteʼfoga chiqib ketdi.

Manba: “Fargʻona” axborot agentligi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.