Rossiya Halabni bombalashda davom etadi

451
0

Rossiya Halabni bombalashda davom etadi

 RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni bergan bayonotida, Rossiya va Suriya hukumat kuchlari isyonchilar shahardan chiqib ketmagunlaricha Halabni bombaboʻron qilishda davom etishini maʼlum qildi.

“Gumanitar tanaffus nihoyasiga yetganidan soʻng harbiy harakatlar davom ettiriladi va toki jangarilar Sharqiy Halabdan chiqib ketmagunlariga qadar davom etadi”,- dedi Lavrov Germaniyaning Gamburg shahrida xavfsizlik masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan yigʻilish chogʻida.

Bundan bir kun oldin Sergey Lavrov, Suriya hukumat kuchlari Halabning sharqiy qismida harbiy harakatlarni toʻxtatgani haqida maʼlum qilgan edi. Juma kungi bayonotida esa bu soʻzlarini izohlab, “men harbiy harkatlar butunlay toʻxtatiladi deganim yoʻq, balki shaharni tark etish istagida boʻlgan tinch aholiga imkon berilishi uchun harbiy harakatlar maʼlum bir vaqtga qadar toʻxtatilganini aytganman”,- dedi.

 “Bu barchaga, bizning amerikalik hamkorlarimizga ham maʼlum”,- dedi Lavrov.

Oʻz navbatida AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Mark Toner ham juma kuni oʻtkazgan brifingda Lavrovning bayonotlaridan qatʼiy nazar, Vashingtoning asosiy maqsadi Halabda zoʻrovonliklarni toʻxtatish va barqaror otashkesim tartibini oʻrnatishdan iborat ekanligini maʼlum qildi.

  Turkiston:

AQSh juda koʻp harakatlar qilishiga qaramay, Suriyadagi islomiy mujohid jamoalarni va ularning ortida turgan islomiy inqilobiy Ummat vakillari boʻlgan Shom ahlini muzokara yigʻinlariga olib kela olmadi. Soʻng ularni Rus armiyasiga qoʻyib berib, havodan dunyo hamjamiyati tomonidan taqiqlagan bomba va minalar bilan qatliom qildirib kelmoqda. Yuz minglab begunoh goʻdaklar, ayollar va boshqa tinch aholi vakillari rus jallodlari tomonidan oʻldirilyapti. Lekin AQShning maqsadi shunda ham roʻyobga chiqmadi. Shom ahli ogʻir kunlarni boshidan kechirayotgan  boʻlsa-da, kufr agressorlari bilan harom kelishuvlar tuzishdan bosh tortishmoqda.

 Suriyadagi voqealar oqimini qoʻzgʻolon boshlangandan buyon diqqat bilan toʻxtovsiz kuzatib kelayotgan xolis kishi, avvalda Rossiyaning xavfsizlik kengashida xalqaro qoralashga qarshi Amerika malayi boʻlgan Suriya rejimini himoya qilish rolini bajarganiga guvoh boʻladi. Soʻng Eron bilan birga bu rejimni qurol-yaroqlar bilan taʼminlab turganiga guvoh boʻladi. Keyin esa rejimni himoya qilish, qoʻzgʻolonchilarni Amerikaning siyosiy yechimiga va ularga muhlat ketidan muhlat berayotganiga majburan koʻndirish maqsadida Suriyada bevosita harbiy aralashuv olib borganiga guvoh boʻladi. Xolis kuzatuvchi kishi mana shu yoritilgan narsalarga guvoh boʻlganidan soʻng faqat bir narsani tan olishdan oʻzga chorasi qolmaydi. U ham boʻlsa, Rossiya Suriyada faqat AQSh ishini bajarmoqda, maqsadi, Amerikaning siyosiy yechimini amalga oshirish va qonxoʻr rejimni armiyasi bilan xavfsizlik tizimini saqlab qolish.

  Suriya masalasida Rossiya bilan AQSh oʻrtasidagi aloqa haqiqatda mana shunday. Koʻpchilik bizga ham tiqishtirishga urinayotgan raqiblik aloqasi emas. Aksincha, Amerika Rossiyadan foydalanmoqda. Undan qonxoʻr rejimni saqlab qolish va muborak Shom qoʻzgʻoloniga yakun yasashdek oʻz maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida ishlatmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.