Trampning AQSh prezidentligiga saylanishi

416
0

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَا فِي كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَابِرَ مُجَرِمِيهَا لِيَمْكُرُواْ فِيهَا وَمَا يَمْكُرُونَ إِلاَّ بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ

“Har bir qishloqda-yurtda oʻsha joyning kattalarini hiyla-nayranglar qiladigan jinoyatchilarga aylantirdik, ular qilgan makrlar faqat oʻzlariga uradi, xolos, lekin oʻzlari sezmaydilar”

Trampning AQSh prezidentligiga saylanishi

Donalьd Trampning AQSh prezidenti boʻlib saylanishi toʻgʻrisidagi xabar butun dunyoda shov-shuvga aylandi. Uning saylovda gʻolib boʻlishi Yevropa, Osiyo va Amerika moliyaviy bozorlariga kutilmagan zarba boʻldi. Germaniya kantsleri Merkel uning saylanganiga nisbatan xushyorlik bildirib, unga oʻzaro hamkorlikni davom ettirish uchun demokratik tamoyil va qadriyatlarni hurmat qilishi lozimligini shart qildi. Frantsiya prezidenti ham Trampning oʻzaro qadriyatlarga zid keluvchi bayonotlariga nisbatan ehtiyotkorlik izhor qildi. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uning saylanishidagi salbiy taʼsirlarni muhokama qilish uchun oʻzaro yigʻinga chaqirishdi.

Aslida, Trampning saylanishi bizga nimani anglatadi, qadrli musulmonlar? Islom va musulmonlarga adovat oʻchogʻini alangalatib yoquvchi kufr boshi Amerika siyosatida bizga nisbatan qanday ijobiy oʻzgarish boʻlishi mumkin?! Demokrat Obama yoki uning oʻtmishdoshi respublikachi Bush musulmonlarga doʻst edimi?! “Oq uy”ga birin-ketin kelgan rahbarlar davrida AQSh siyosati Islom va musulmonlarga nima olib kelgan?! Yurtlarimizga hukmron boʻlish, boyliklarimizni talon-taroj qilish, resurslarimizni tashib ketish, zolim podshohlarni qoʻllab-quvvatlash uchun toʻxtovsiz adovat olib kelmadimi, axir, bizga nisbatan bu adovat ularning qon-qonigacha, suyak-suyagigacha singib ketganku?! Ularning har biri musulmonlarning Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida qayta birlashishlarini oldini olish uchun bor kuchlarini sarflashmadimi?!

Kichik Jorj Bush Afgʻonistondagi ahlimizga qarshi adovat boshlab, salibchilik urushi eʼlon qildi, Iroqqa qilgan urushidan bu yurtni butunlay vayron qilishga ahd qilgani yaqqol namoyon boʻldi. Keyin Obama kelib, 2009 yil Anqara va Qohirada, 2010 yil Jakartada qilgani kabi, qator jimjimador maʼruzalari bilan musulmonlarni aldashga urindi… Keyin esa Shom qoʻzgʻolonini bostirishga urinib, Damashq qonxoʻrini mutlaq qoʻllab-quvvatlashi bilan tishlarini koʻrsatib irilladi. U ilgari muxolafat safidaligi paytida Jorj Bushni “Dron” uchoqlaridan foydalangani uchun tanqid qilgandi. Biroq oʻzi qudratga kelgach, ayni uchoqlar hujumidan keng koʻlamda foydalanish bilan Afgʻonistondan tortib, Pokiston, Iroq, Yaman, Somali, Suriya… kabi islomiy yurtlarda dahshatli qirgʻinlarni va vayronagarchiliklarni amalga oshirdi.

Ha, biz Islom aqidasidan turib gapiramiz, shu bois AQSh rahbarlarida Islom va musulmonlarga nisbatan dushmanlik chuqur tomir otganidan oʻzga narsa koʻrmayapmiz. “Oq uy” rahbarlari basharalarida ayrim zohiriy oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Biroq mutlaqo oʻzgarmas haqiqat shuki, Amerika oʻzining Islom va musulmonlarga nisbatan siyosatida buzuq ishlar qilishni albatta davom ettiradi. Ammo bu davlatda namoyon boʻlib turgan qudrat hargiz davom etmaydi, botil albatta zavolga yuz tutadi, dunyo oʻzgarib turishga mahkum. Musulmonlar qachon Robbilariga boʻlgan imonlarida mahkam turib, foniy dunyodan Robbilarining rizosini afzal bilsalar va shariat tatbiqi uchun harakat qilish bilan Allohga yordam bersalar, ular butun bashariyatni bu AQSh balolaridan qutqarishga, insonlarni kufr zulmatidan Islom nuriga, kapitalizm zulmidan Islom adolatiga, dunyo torligidan dunyo va oxirat kengligiga olib chiqishga albatta qodir boʻladilar. Chunki bu Allohning vaʼdasidir, Uning vaʼdasi esa haqdir, Allohim uni yaqin qilsin.

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar” [Nur 55]

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.