Erdogʻanning “ShHT” haqidagi bayonoti Rossiya va Xitoy tarafidan olqishlandi

701
0

Erdogʻanning “ShHT” haqidagi bayonoti Rossiya va Xitoy tarafidan olqishlandi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Pokiston va Oʻzbekiston safaridan qaytayotib, jurnalistlarning savollarga javob berar ekan, Turkiyaning ShHT tarkibidan joy olishi uning biroz “erkin nafas olishi”shiga imkon yaratishini bildirgan edi. Uning bu bayonoti Rossiya va Xitoy tarafidan ijobiy baholandi.

Sputnik axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Rossiya parlamenti mudofaa qoʻmitasi aʼzosi Aleksey Pushkov oʻzining tivitter sahifasi orqali bergan bayonotida prezident Erdogʻanning soʻzlariga shunday munosabat bildirdi: “Turkiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo boʻlsa, bu Erdogʻan uchun mantiqiy qadam boʻlardi. ShHT Yevropa ittifoqidan faqr qiladi, uning oʻrnini bosa olmaydi. Ammo Yevropa Ittifoqidan farqli ravishda ShHT aʼzolari tamoman mustaqildirlar”.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Ging Suang ham prezident Erdogʻanning ShHT haqida bergan bayonotiga nisbatan ijobiy munosabat bildirdi. Suanning taʼkidlashicha, Turkiya Yevroosiyoda muhim ahamiyatga molik davlat hisoblanadi va ayni paytda ShHTning ham muhim muloqot sherigidir.

“Turkiyaning ShHT bilan hamkorlikni kuchaytirish istagini yuqori baholaymiz”, deya qayd etdi u.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Samarqand safaridan qaytayotib, uchoqdagi jurnalistlarga bergan intervьyusida Yevropa Ittifoqidan noroziligini yashirmagan edi. Erdugʻonga koʻra, Turkiya uchun Yevropa ittifoqiga aʼzo boʻlishdan boshqa variant ham bor.

“Gap shundaki, Turkiya bir marta boʻlsa ham, oʻzini erkin his qilishi lozim. Menga Yevropa Ittifoqidan boshqasi kerak emas, deb turib olmasligi kerak. Mening tushuncham shunday. Yaʼni baʼzilar tanqid qilishi mumkin, lekin men oʻzim ishonch hosil qilgan fikrimni aytyapman. Misol uchun demoqchimanki, “nima uchun Turkiya Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarkibida boʻlmasligi kerak?!”. Bu haqida Janob Vladimir Putinga ham, Nursulton Nazarboyevga ham va ShHTning boshqa aʼzolariga ham aytdim. Boshlanishida besh davlatdan tuzilgan Shanxay Hamkorlik tashkilotiga biroz oʻtib Oʻzbekiston, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlar ham kiritilgan. Eron ham kirmoqchi. Janob Putin, “Biz buni qadrlaymiz” degan gaplarni aytdi. Umid qilamanki, Turkiyaning ShHT tarkibidan oʻrin olishi uning bemalol faoliyat yuritishiga imkon yaratadi. Yevropa Ittifoqi toʻliq 53 yildan buyon bizni sarson qilib yuribdi. Bu nima degan gap axir. Birinchilardanmiz, ammo 53 yildan buyon kutib yuribmiz. Oʻtgan kuni doʻstlarim bilan shu haqida suhbatlashdik. Yilning oxirigacha sabr qilaylik. Boʻlsa boʻldi, boʻlmasa bu masalani qayta ochmaymiz…. Qochqinlar masalasida ham bu yil uchun iyun oyidan eʼtiboran, 3 milliard yevro berishlari kerak edi, berishmadi. Yaʼni bizga emas, qochqinlarga berish kerak edi. Qogʻozda bor, amalda yoʻq. Mana oʻn birinchi oydamiz, yil ham tugab boryapti. Hali bu yoqda ikkinchi 3 milliard yevro masalasi ham turipti. Uni nima qilishar ekan, koʻramiz. Undan soʻng bu borada shunga koʻra qadamlarimizni tashlaymiz”, degan edi Erdogʻan jurnalistlarning savollariga javoban.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.