Chavushoʻgʻli: Rossiya bilan aloqalarimizni ishonch ustiga quryapmiz

745
0

Chavushoʻgʻli: Rossiya bilan aloqalarimizni ishonch ustiga quryapmiz

BMT bosh Assambleyasi yigʻilishiga ishtirok etish uchun AQShning Nьyu-York shahriga borgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli Rossiya va Turkiyaning Suriya masalasi haqidagi kelishuvi borasida “Izvestiya” gazetasiga intervьyu berdi. Chavushoʻgʻlining maʼlum qilishicha, muloqotda deyarli har sohada ikki taraf bir birini toʻgʻri tushungan. Oʻzaro kelishmovchilik yuzaga kelgan masalalarda esa munosib muloqot tashkil qilingan.

Mevlut Chavushogʻlu Turkiyaning Rossiya bilan birgalikda Suriyada olib borayotgan hamkorligi juda samarali boʻlganligini taʼkidlar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar ishonch ustiga qurilayotganligini qayd etdi.

“Har bir narsani juda aniq va ishonchli tarzda muhokama qilyapmiz. Vazirlar va ekspertlar darajasida turli hamkorlik mexanizmlari mavjud. Fojiali hodisalarning oldini olish jihatidan juda muhim maʼlumotlarni almashyapmiz. Ikki mamlakat oʻrtasida ishonch bor. Munosabatlarimiz ham ishonch ustiga qurilmoqda”, dedi Chavushoʻgʻli.

Prezident Rajab Toyyib Erdogʻanning chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oʻtkazgan telefon suhbatiga eʼtibor qaratgan Chavushogʻlu Rossiya va Turkiya rahbarlari Suriyadagi voqealar va insonparvarlik yordamlar masalalarini ham muhokama qilganligini bildirdi. Chavushogʻluga koʻra, telemuloqot koʻngildagidek oʻtgan.

“Bu safar har bir narsa amalga oshdi, deb oʻylayman”, dedi u.

Bosh Vazir Chavushoʻgʻli Putin va Erdogʻan telemuloqot chogʻida Suriyadagi soʻngi oʻzgarishlar ortidan hamkorlikni mustahkamlash va kuchaytirish istagini bildirganligini alohida qayd etib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.