Arakanlik musulmonlar zulmga qarshi yordam kutmoqda

614
0

Arakanlik musulmonlar zulmga qarshi yordam kutmoqda

Birmaning Arakan viloyatida musulmon aholiga nisbatan ayanchli zulmlar va qatliomlar davom etmoqda. Arakan hukumati musulmon aholi ustidan shafqatsiz hujumlarga koʻz yumib kelyapti. Agar biror bir musulmon oʻziga yetgan zulmdan davlatga shikoyat qilsa, darhol oʻzi aybdor deb topilib qamoqqa olinadi yoki jarimaga tortiladi.

Butparastlarning hujumlaridan eng koʻp zulm koʻrganlar muslima ayollar va bolalardir. Oʻgʻirlab ketilgan bolalar va zoʻrlangan ayollarning hisobi yoʻq, bu bilan hech kim qiziqmaydi ham. Faollarning bildirishicha, inson organlari tijorati Arakanda katta bir sektor koʻrinishini olgan.

Minglagan insonlar zulmdan qochib oʻz uyini tark etar ekan, ayrimlari dengizda gʻarq boʻlayotgan boʻlsa, ayrimlari inson savdogarlari qurboniga aylanmoqda. Qochishga imkon topa olmaganlar esa qamishlardan yasalgan lagerlarda yashashga majburdir.

Arakan sharqida joylashgan Fare rayonida yashovchi musulmon xalqlar butun dunyoga va inson huquqlari tashkilotlariga murojaat qilib, radikal buddistlar tarafidan oʻzlariga nisbatan amalga oshirilayotgan qirgʻinbarotdan qutqarishlari uchun yordam qoʻlini choʻzishga chaqirdi.

Turkiston:

Oʻz diyorida 3- sort fuqaro sifatida ham koʻrilmaydigan Arakan musulmonlari butun dunyo koʻzi oʻngida genotsidga uchramoqda. Butparast najaslarning muslima ayollar nomusiga tegish holatlari esa odatiy holga aylanib qolgan. Ular koʻngli tusagan paytda, istagan muslimalarni olib ketishi mumkin. Butparastlarning qoʻlidan qutilgandan soʻng bunday holatdan shikoyat qilgan arakanlik muslimalarning video murojaatlari internet orqali bir necha marta tarqaldi. Shunday boʻlsada, bunga qarshi davlat xavfsizlik kuchlari va hukumat vakillari hech qanday chora koʻrishmayapti. Balki bu jinoyatning ustida ana oʻshalarning oʻzlari turibdi.

Islomiy yurtlar hokimlari va ularga tobe boʻlgan musulmonlar armiyasidan biror sado chiqmagach, butparastlar yanada shijoatlanib, oʻz zulmlarini misli koʻrilmagan darajaga chiqarishdi. Endi ular yosh qizlarni zoʻrovonlik bilan olib ketishib, guruh-guruh boʻlib zoʻrlashgandan keyin yalangʻoch holatda koʻchalarga tashlab ketadigan boʻlishdi. Yaqinda xuddi shunday ahvolda yoʻl chetidan topilgan arakanlik yosh qiz shifoxonaga yetar-etmas hayotdan koʻz yumdi. Guvohlarga koʻra, mahalliy butparastlar tarafidan oʻgʻirlanib, jinsiy ekspluatatsiya qilingandan soʻng tashlab ketilgan bu yosh qiz xavfsizlik kuchlariga yaqin yoʻl chetida abgor holda topilgan.

Arakanda musulmonlarning qoni juda arzon, hatto tekin boʻlib qoldi. Dunyo esa bunga koʻz yumib kelmoqda. Arakanlik musulmonlar “Bizning alamlarimizni his qiladigan bizdan boshqa musulmonlar ham bormi?”, deya faryod qilmoqda.

BMT shunday tashkilotki, undan aslo umid qilib boʻlmaydi. Chunki u faqat kufr tuzumini himoya qiladi xolos. Bu bir necha bor oʻz isbotini topgan. Masalan Suriyada bolalar, ayollar va qariyalar oylab tuz tatimay ochlikdan oʻlar ekan, bu hodisalar BMT idorasidan 15 chaqirim narida sodir boʻlishiga qaramay, u biror chora koʻra olmagan edi. Shuningdek, Suriya, Iroq, Birma, Markaziy Afrika va dunyoning turli joylarida yuz minglagan musulmonlar ayovsiz jirkanch suratlarda qatl etilayotgan bir paytda, bunga guvoh boʻlib turgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiyaning koʻchalarida bir tarsaki yegan besoqolbozning huquqini himoya qilib chiqdi.

BMT kabi boshqa tashkilotlar hamda inson huquqlarini himoya qiluvchi muassalardan ham aslo umid yoʻq. Ular oʻzlaricha soxta tashabbuslar bilan ezilgan mazlumlar dilida biroz umid uygʻotadi-yu lekin aslida esa qirgʻinga uchragan qurbonlarning jasadlarini sanash va tanqidiy banotlar berishdan nariga oʻtolmaydi. Ulardan qatliomlarni toʻxtatish va zulmlarga chek qoʻyishni kutish mumkin emas.

Butparastlarning ayovsiz zulmidan qochgan arakanlik mazlumlarni hatto Bangladesh, Malayziya, Indoneziya kabi aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat mamlakatlar ham qabul qilmayapti. Kapitalistik tuzumni qabul qilgan bunday davlatlardan, shuningdek gʻoyriislomiy hukumatlar, tashkilotlar va uyushmalardan ham umid qolmadi.

Arakanlik musulima ayollar va bolalarga hamda dunyo boʻylab boshqa mazlum musulmonlarning dardiga faqat Xalifalik davlatigina malham boʻla oladi. Shunday ekan, bu davlatni qayta tiklash uchun harakat qilmaslik arakanlik musulima ayollar va bolalar hamda butun dunyodagi barcha mazlum musulmonlarning boshiga tushayotgan zulmlarga eʼtiborsizlik hisoblanadi.

Vaholangki Rosululloh s.a.v.

“مَنْ سَمِعَ مُسْلِمًا يُنَادِي يَا للْمُسْلِمِينَ وَلَمْ يُجِبْهُ فَلَيْسَ بِمُسْلِمٍ”

“Kimki bir musulmonning ey musulmonlar, deya yordam soʻrayotganini eshitsayu, unga javob (yordam) bermasa, u musulmon emas”, va yana

“مَنْ لَمْ يَهْتَمَّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِيْنَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ”

“Kimki musulmonlar ishiga eʼtibor bermasa – ulardan emas”, deya marhamat qildilar.

Shunday ekan, nafaqat Arakandagi zulmlarga, balki dunyoning har bir burchagida sodir etilayotgan zulmlarga chek qoʻyadigan Xalifalik davlatini tiklashga harakat qiling. Yaqinda tiklanishi kutilayotgan Xalifalik davlati binosiga birgina gʻisht qoʻyish balan boʻlsa ham oʻz hissangizni qoʻshing.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.