Yunker: Yevropa Ittifoqi mushtarak armiya tashkil qilishi zarur

407
0

Yunker: Yevropa Ittifoqi mushtarak armiya tashkil qilishi zarur

Yevropa Ittifoqi komissiyasining prezidenti Jan-Klod Yunker Yevropa davlatlarining xavfsizligi uchun mushtarak mudofaa armiyasini tashkil qilish zarurligini bildirdi. Yunker ittifoq haqida qilgan yillik nutqida taʼkidlashicha, terrorizmga qarshi kurash uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari ishtirokida mudofaa armiyasi tashkil qilish dolzarb masalaga aylangan.

2004 yildan buyon Yevropa Ittifoqi mintaqasida 30 marta terroristik hujumlar sodir etilganligini aytib oʻtgan Yunker Yevropa davlatlari oʻzaro mudofaa fondi tashkil qilib, Yevropa Ittifoqini himoya markaziga aylantirish lozimligiga urgʻu berdi.

Biroq serbiyalik harbiy mutaxassis Aleksandar Radich Jan-Klod Yunkerning talabi amalga oshishiga gumon bilan qaraydi. Radichning izohlashicha, Sharqiy Yevropadagi koʻp davlatlar Amerika Qoʻshma Shtatlari taʼsiri ostida boʻlganligi uchun Vashington bunga aslo yoʻl qoʻymaydi. Chunki AQSh Sharqiy Yevropada oʻzining taʼsirini yoʻqotishni istamaydi. Yevropa Ittifoqi tarafidan tuziladigan mushtarak armiya Gʻarb sivilizatsiyasining xavfsizlik arxitekturasida tubdan oʻzgarishga yoʻl ochadi. Mana shuni hisobga olgan Amerika Qoʻshma Shtatlari bunga aslo yoʻl qoʻymaydi.

“Evropa talablarini amalga oshirib kelgan NATO Yevropa ittifoqi armiyasini tashkil etish oldiga jiddiy toʻsiq qoʻyadi. Bundan tashqari ittifoq armiyasi siyosiy jihatdan ham ittifoqning rolini va maqsadlarini qayta koʻrib chiqilishiga sabab boʻladi”, deydi Radich.

Radich bu hamkorlik NATO doirasida parallel ittifoq sifatida koʻrilishi mumkinligini qayd etar ekan, bir necha yillar burun Germaniya va Frantsiya bu borada ilk qadam tashlaganligini esga olib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.