Ustoz Chubak hoji va oila aʼzolariga taʼziya

1239
0

Ustoz Chubak hoji va oila aʼzolariga taʼziya

Alloh taolo “Anbiyo” surasida:

كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَنَبْلُوكُمْ بِالشَّرِّ وَالْخَيْرِ فِتْنَةً وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

“Har bir jon oʻlimni tatib koʻrguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz”, deya marhamat qiladi. (21:35).

Darhaqiqat, Allohning sinov dunyosiga kelgan har bir jon bir kun kelib oʻlim taʼmini totib koʻrishi muqarrar. Kimdur oʻzi uchun belgilangan muddat (ajal) yetib kelgunga qadar oʻz imkoniyat va kuch-quvvatini oʻtkinchi dunyo matohlarini qoʻlga kiritish uchun sarflasa, kimdur bu muddatdan foydalanib oʻzidan yaxshi ish, yaxshi nom va solih farzand qoldirishga intilish orqali Oxirati uchun zahira toʻplash gʻamida oʻtkazadi.

Bugun, 19 sentyabr kuni oʻz taqvosi, malomatchining malomatidan qoʻrqmay Islom dini hukmlarini qanday boʻlsa shundayligicha yetkazish orqali Qirgʻiziston musulmonlar muxabbatiga erishib, qalbidan chuqur oʻrin egallagan Ulamolar kengashi aʼzosi ustoz Chubak hoji Jalilovning volidai muhtaramasi Guljamol Sakiyeva 64 yoshida dorul baqoga rihlat qildi.

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [2:156].

Bu onamiz oʻz umrini Alloh taologa itoat va ibodatda oʻtkazish bilan birga oʻz ortidan ustoz Chubak hoji Jalilovdek zabardast Islom olimi va solih farzand qoldirdi. Bu orqali esa oʻz ortidan toʻxtovsiz borib turadigan savobli amalga ega boʻldi, inshaAlloh.

Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Agar banda vafot etsa, uning barcha amallari toʻxtaydi. Lekin uch amali toʻxtamaydi: 1) Sadaqai joriya; 2) Manfaat beradigan ilm va 3) Duo qiladigan solih farzand”, deganlar. (Muslim rivoyati).

Biz, Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi va barcha aʼzolari nomidan ustoz Chubak hoji Jalilovga, oila aʼzolariga, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

Maʼlumot uchun: marhuma onamizni soʻnggi safarga uzatish marosimi (janoza namozi) 20 sentyabr kuni Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon tumaniga qarashli Boymundiz qishlogʻida 10:00da boʻladi.

Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.