Oʻzbek rejimi xalqaro siyosat tarafidan chiqariladigan hukmni kutib turibdi

872
0

Oʻzbek rejimi xalqaro siyosat tarafidan chiqariladigan hukmni kutib turibdi

Turkiston

Oʻzbekistondagi boshqaruv apparati Karimovning vafotidan keyin xalqaro siyosat tarafidan oʻzining ustidan chiqariladigan hukmga koʻz tikib turibdi. Bu rejim Karimovning boshqaruvi vaqtida ichki muxolif kuchlarni deyarli birortasini ham erkin faoliyat yuritishlariga yoʻl qoʻygan emas. Karimov Andijon voqeasidan keyin hatto nodavlat tashkilotlar va Gʻarbga tobe boʻlgan matbuot tizimlarini ham quvib chiqargan edi. Demak Oʻzbekistonning ichki siyosati hali ham yopiq holatida ekan, ular uchun ichkaridan xavfsirashga asos yoʻq.

Lekin quvib yuborilgan muxolif kuchlarning deyarli barchasi Gʻarb olami va xalqaro hamjamiyatning nazorati va qaramogʻi ostida saqlanib kelyapti. Ular Oʻzbek rejimi uchun kuchli va vahimali alternativ quvvatlardir. Shunga qaramay, Oʻzbek muxolifat kuchlarinining tinch yoʻl bilan taxtni egallashlari ehtimoldan juda uzoq.

Ammo tashqi xalqaro siyosat yetakchilari Oʻzbekistonning ichki siyosatini oʻzgartirib yubora olishlari mumkin. Ular hozir bir birlari bilan kelishishga harakat qilishyapti. Rejimni saqlab qolishni ixtiyor qilishsa, Rossiya bilan Oʻzbek rejimi kuchli hamkorlik qila boshlaydi. Chunki hozirgi vaziyatda Gʻarb olami Oʻzbek rejimini ochiq qoʻllay olmaydi. Yaʼni Oʻzbek rejimiga nisbatan Gʻarb olamida qalbaki boʻlsa ham mafkuraviy nafrat mavjud. Bu nafrat Oʻzbek rejimiga muxolif boʻlgan quvvatlarni ushlab turish uchun ularga oʻta ahamiyatli hisoblanadi. Shuning uchun ular Karimovni soʻngi manzilga kuzatish marosimida qatnasha olishmadi.

AQSh esa, Rossiyaning Oʻzbekistondagi manfaatlari oʻta kuchli ekanini yaxshi biladi. Hozirning oʻzida Rossiya Oʻzbek rejimini saqlab qolish bilan, uni oʻziga ilgarigidek tobe qilib olish uchun kattiq harakat boshladi. Lekin Rossiya bu ishni AQShning roziligi va dastagi bilangina amalga oshirish mumkin ekanini yaxshi biladi. Aks holda AQSh oʻzining xalqaro siyosatdagi vazni bilan Oʻzbek rejimidan demokratik islohotlarni qattiq talab qila boshlaydi va Oʻzbek muxolifat kuchlarining axborot kurashini avj oldirib yuboradi. Natijada Oʻzbekistonda norozilik kuchayyadi hamda butun mintaqa urush holatiga kelib qolishi ehtimoli kuchayadi.

Andijon voqeasini ham, Oʻsh voqeasini ham Rossiya rivojlantirdi. Maqsadi Oʻzbek rejimini jilovlab olish edi. Har safar Markaziy Osiyo davlatlari qiyin holatga tushib borayotganlarida Rossiya ularga koʻmak koʻrsatishga shoshiladi. Rossiyaning xalqaro siyosatda taʼsir quvvati kuchli emas ekanligi bois u hamisha muammolarni qoʻporuv amaliyotlari va fitnakashlik uyushtirish orqali fuqorolar urushi keltirib chiqarish amaliyotlarini taklif qiladi. Andijon qirgʻini ham, Oʻsh voqeasi ham Qirgʻiziston prizidentlarining ikki marotaba kuch bilan almashtirilishi ham Rossiyaning maslahati va yordami bilan uyushtirilgan edi.

Bu kabi toʻpalonlar va fuqorolarning qurbon qilinishiiga sabab boʻladigan amaliyotlar mavjud rejimlar uchun nima manfaat keltirishi mumkin? 1999 yili Putin oʻz jinoiy guruhi bilan xuddi shunday qoʻporuv amaliyotlar uyushtirish orqali hokimiyatga kelib oʻtirgan edi. Soʻng chechenistonga urush boshlab yubordi. Shu iflos harakatlarining barchasi faqat rejimni oʻrnatish, uning quvvatini mustahkamlab va repressivlashtirib olish hamda ilgarigi Yeltsinning rejimini chetlatib yuborish uchun edi. Bu yetekchi guruhlarning almashuvi xarqaro siyosatda kelishilgan ish boʻlganligi uchun butun dunyo ularga halaqit bermay, tomoshabin boʻlib turishdi. Oʻzbek rejimining taqdiri yechilsa va uni shundayligicha saqlab qolishni ixtiyor qilishsa, unda butun Gʻarb olami bir chetda turib, xuddi qoʻllaridan hech narsa kelmaydigandek, bir qator populistik chiqishlar qilish bilan cheklanishadi. Xuddi Andijon voqeasidan keyin oʻzlarini ojizlardek tutgani kabi.

Shuning uchun Oʻzbekistonning qonxoʻr rejimi ham yana Rossiyaning koʻziga moʻltillab qaray boshladi. Hozir u, rejimni saqlab qolish uchun hamma ishga rozi boʻladi. Qirgʻinbarot qoʻporuv amaliyotlariga ham, fuqorolar yoki millatlararo urushlarga yoki yasama diniy qoʻzgʻalonlar uyushtirib, musulmonlarga qarshi zulmni yana davom ettirishga ham rozi boʻlaveradi. Bunday harakatlarning har biri albatta sunʼiy vahimalar va Andijondagi singari uyushtirilgan yasama norozilik xalq haraktlarini provokatsiya qilish bilan amalga oshiriladi.

Shu yerda yana bir savol tugʻiladi. Bu ishlar tinchlik va demokratiyani kuchaytirish yoʻli bilan boʻlmaydimi? Javob shuki, bu juda qiyinga oʻxshaydi. Chunki Karimov avvaldan oʻzi uchun merosxoʻrlikka daʼvogar sifatida koʻriladigan birorta ham siyosatchi qoldirmadi. Tashqi siyosatda ham, ichki siyosatda ham koʻzga koʻringudek birorta siyosatchining bosh koʻtarishiga imkon bermadi. Hozirgi rejim vakillari esa, karimovning barcha jirkanch ishlarining ijrochilaridir. Xalq bularni kechirmaydi. Rejim vakillari xalqqa yengillik berishlari bilan, xalq ularning oʻzlariga tashlana boshlaydi. Ular Karimovni Otaturk singari dohiy qilishmoqchi. Mobodo tinchlik yoʻli bilan boshqaruv sistemasini oʻzgartirishni maqsad qilishganida edi, hamma aybni Karimovga toʻnkash kerak boʻlar edi. Bu ular uchun halokatli yoʻldir. Chunki xalq rejim bilan Karimovni birdek jinoyatchi va qotillar deb biladi.

“Tuyani shamol uchirsa echkini osmonda koʻr” deyilganidek, Oʻzbekistondagi holat biz Qirgʻizistonliklarni ham xavotirga solmoqda. Chunki kufrning sunʼiy chegaralarini hisobga olmaganimizda, oʻrtalarimizni toʻsadigan hech qanday toʻsiq yoʻq. Yaʼni, mintalitetimiz, yashash sharoitlarimiz, milliy urf odatlarimiz, dinimiz bir, qarindosh urugʻchiligimiz bor, shularni hammasini hech qanday chegara bilan toʻsisha olishmaydi.

Endi rejim qulasa yoki zaiflashib qolsa, oʻrtalarimizdagi chegarani kim qoʻriqlaydi. U oʻz oʻzidan ochilib ketadi. Demak, Oʻzbekiston hududidagi har qanday toʻlqinlanish, faqat ularning emas, unga qoʻshni barcha mamlakatlarning ham muammolari hisoblanadi. Chunki yuqoridagi muammolar sodir boʻlsa, butun mintaqani oʻz girdobiga tortib ketishi mumkin. Karimovning izdoshlari boʻlgan diktator Imomali Rahmonov bilan Gurbanguli Berdimuhammedovning dafn marosimidagi faolliklari ham shunga dalolat qiladi. Yaʼni avtoritar rejimidagi qoʻshni davlatlar Oʻzbekistonda barqarorlikni saqlab qolishni oʻzlari uchun hayotiy masala deb bilishadi. Oʻzbekistondagi beqarorlik ularning rejimlari uchun ham oʻta kuchli xavf tugʻdiradi.

Shu holatdan kelib chiqib, mintaqa musulmonlariga shunday murojaat qilmoqchimiz:

Mintaqada islomiy muhit oʻta kuchayib boryapti, Alhamdulillah. Har qanday sogʻlom va nosogʻlom quvvatlar xuddi shu islomiy quvvatga suyanib hamda musulmonlarni tuygʻulariga taʼsir qilib, mamlakatga kirib kelishga harakat qiladi. Hozirda biz musulmonlar ziyrak turib, siyosiy ongli dunyoqarash bilan siyosiy vaziyatlarga toʻgʻri baho berishimiz kerak. Kufr sistemasi yoki uning gumashtalari vaziyatdan foydalanib, musulmonlarni chalgʻitish uchun Oʻzbekistonga kirib borishlari mumkin.

Shuni yaxshi bilishimiz kerak, biz musulmonlarning dushmanimiz kufr sistemasidir. Ular shuncha yillar mobaynida Karimovni, Putinni, Rahmonovni va boshqa bir qator xoin yetakchilarni vosita qilib, ularning qoʻllari bilan Islom va musulmonlarga zarba berib kelyapti. Rejimlar paydo qilib, mintaqalarda islomiy harakatlar va hatto marosimlarga ham yoʻl bermayapti. Agar kufr sistemasi bularni qoʻllab turishmaganlarida, Karimov ham, uning rejimi ham bir hafta zulm qilishga qurbi yetmagan boʻlar edi.

Shuning uchun musulmon birodarlar, yodimizda tutaylik, yangi Karimov kelyapti. Toʻgʻrirogʻi kufr sistemasi uni olib kelyapti. Ularning boshqa choralari yoʻq. Yangi diktator ham Karimov singari “islom davlati qilib beraman” deyishi ham mumkin. U yana yumshoqlik bilan adolatparvar koʻrinishga urinadi. Endi aldanaverishdan toʻxtaylik. Harom ishlarga chaqirishadi, millatchilik qalbaki vatanparvarlik, demokratiyani rivojlantirish, nosharʼiy qurolli qoʻzgʻalonlar…. va hokazo.

Vaziyatlarni ketuviga qarab yana muloqotda boʻlamiz insha Alloh.

Assalamu alaykum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.